«Rossiya bugun AQŞga javob berişi kerak. Bu javob yo «ha», yo «yöq» körinişida bölişi lozim va öz vaqtida berilişi şart», — deya ta’kidladi Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro NATOga a’zo davlatlar taşqi işlar vazirlari Bryusselda ötkazgan uçraşuvda Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Lemmi bilan birgalikda çiqiş qilib.
Bloomberg naşrining yozişiça, Kanada taşqi işlar vaziri Melani Joli Kreml «yaqin vaqt içida aniq pozitsiya bildirişi kerakligini», aks holda oqibatlarga duçor bölişi mumkinligini ta’kidladi. Barro Rossiya tomonidan, avval kelişib olingan tartiblarga qaramasdan, Ukraina energetika infratuzilmasiga hali ham zarbalar berilayotganini keskin qoraladi.
Ittifoqçilar tomonidan jamoatçilik oldida bosim ötkaziş orqali Rossiyani deeskalatsiya borasida amaliy qadamlarga undaş közda tutilgan. Bloomberg ta’kidlaşiça, Vaşingtonda Rossiyaning uzoqqa çözilgan muzokaralar jarayonidan jiddiy ranjişi kuçayib bormoqda.
AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Bryusselda ötkazilgan uç kunlik muzokaralar yakunida bildirişiça, AQŞ «bir neça hafta, emas bir neça oy içida» Rossiya tinçlikka jiddiy tayyormi-yöqmi, şunga oydinlik kiritişni istamoqda. Uning sözlariga köra, Ukraina otaşkesimga heç qanday oldingi şartlarsiz tayyorligini körsatdi — «endilikda töp Rossiya tomonida. Biz har ikki tomon qabul qildigan yeçim sari ilgarilaşimiz kerak», — deya ta’kidladi Rubio.
Şuningdek, u AQŞda Rossiyaga nisbatan yangi sanksion bosimlar talabi kuçayib borayotganini ma’lum qildi.
Reuters manbalariga köra, muzokaralarda aniq ilgarilaş kuzatilmayotgani va noaniqlik fonida AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati yaqin oylarda Rossiya bilan tinçlik kelişuviga erişiş imkoni juda past ekani xulosasiga kelgan. Agentlikning ikki yuqori lavozimdagi manbalari ma’lum qilişiça, Oq uy Moskva hamda Kiyevga nisbatan bosimni kuçaytiriş böyiça alternativ mexanizmlar ustida iş boşlagan.
Fox News jurnalisti Jyeki Haynrixning AQŞ prezidenti atrofidagi manbalarga tayanib xabar berişiça, Rossiyaning neft eksportiga nisbatan joriy etilgan çeklovlarni çetlab ötiş uçun qöllanilayotgan «xufyona floti»ga qarşi qat’iy çoralar köriş ham körib çiqilmoqda. Uning ma’lum qilişiça, Donald Tramp Vladimir Putinni muzokara jarayonini ataylab çözmoqda, deb hisoblaydi.









