Maxsus işçi guruhlar Ukraina va Rossiya örtasida tegişli kelişuv tuzilganidan keyin öt oçişni töxtatiş rejimiga rioya etilişini ta’minlaş vazifasi yuklatilgan xalqaro tinçlikparvar kuçlarni yaratiş mexanizmini işlab çiqadi. Bu guruhlar, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 4 aprel, juma kuni Kiyevda Fransiya va Buyuk Britaniya qurolli kuçlari boş ştabi boşliqlari bilan uçraşuvdan söng ma’lum qilganidek, haftalik asosda işlaydi. «Qayerda, qaysi joylarda — bu alohida muhokama qilinadi», deya qöşimça qildi u.

Zelenskiy bir oy içida tinçlikparvar kuçlarning «missiya infratuzilmasi tuşunilişini» kutayotganini aytdi. «Biz yerda, osmonda va dengizda mavjudlik, şuningdek, havo hujumidan mudofaa masalalarini muhokama qilmoqdamiz. Va boşqa nozik narsalarni ham», — deya qayd etdi Ukraina prezidenti. Unga köra, 4 aprel kuni bölib ötgan yiğilişda Ukraina tomonidan Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondoni Aleksandr Sirskiy, Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Andrey Gnatov, prezident devoni rahbari örinbosari Pavlo Palisa va mamlakat mudofaa vaziri örinbosari Yevgeniy Moysyuk iştirok etgan.

Volodimir Zelenskiy Ukrainaga tinçlikparvar kuçlarni yuboriş rejasini muhokama qilişda Fransiya va Buyuk Britaniyadan taşqari «köplab boşqa davlatlar» ham iştirok etayotganini ta’kidladi.  «Raqamni hozirça aytmoqçi emasman, bu koalitsiya böladi», dedi u jurnalistlarga.