5 aprel kuni Amerikaning barça 50 ta ştatida prezident Donald Tramp siyosatiga qarşi miting va namoyişlar ötkazildi. Taşkilotçilari orasida kasaba uyuşmalari, huquq faollari, fuqarolik huquqlari muhofazasi sohasidagi birlaşmalar bölgan namoyişlar «Qölingni tort!» şiori ostida birlaşdi. Associated Press qayd etişiça, mitinglar tinç ruhda ötgan, qölga olinganlar haqida xabarlar kelib tuşmagan. Trampga qarşi bu kabi norozilik aksiyalari u prezidentlikka qaytgan kunlarda ham bölib ötgandi. Ammo ular hozirgi kabi ommaviy tus olmagandi. CNN ma’lumotiga köra, Qöşma Ştatlar böylab jami 1400 ga yaqin aksiya uyuştirildi. Palm-Biç şahrida, Trampning qarorgohi yaqinida ham yuzlab kişilar namoyişga çiqqan. Oq uy prezident Tramp şanba kuni öz qarorgohida golf öynagani va «yakşanba kuni ham şu iş bilan şuğullanmoqçiligi»ni xabar qilgan. «Meduza» namoyişlar vaqtida olingan fotosuratlarni jamladi.
Los-Anjyeles
Namoyişlar butun mamlakat böylab Manhetten markazidan Alyaskadagi Ankorij şahrigaça bölgan şaharlarda bölib ötdi. Xususan, Sietlda namoyişçilar «Oligarxiyaga qarşi kuraş» plakatlarini kötarib çiqişdi. Portlend, Oregon, Los-Anjyeles köçalarida köp sonli aksiyalar bölib ötdi. Bostonda namoyişçilar «Demokratiyamizdan qölingni tort» va «Ijtimoiy ta’minotdan qölingni tort» yozuvli plakatlarini, Los-Anjyelesda «Ta’limdan qölingni tort», «Qarşilik körsat» kabi sözlar tuşirilgan plakatlarini kötarişgan.
Namoyişçilar Tramp va uning eng yaqin maslahatçisi Ilon Maskning minglab federal xizmatçilarni qisqartiriş, muhojirlarni deportatsiya qiliş, transgenderlar himoyasini zaiflaştiriş, ijtimoiy dasturlarni, jumladan, soğliqni saqlaşni moliyalaştirişni qisqartiriş böyiça harakatlarini qoraladi.

Daniel Cole / Reuters / Scanpix / LETA





































