Isroil armiyasi öz askarlari 23 mart kuni Ğazo janubida xatolik tufayli favqulodda xizmatlarning 15 nafar xodimini öldirganini tan oldi. Isroil harbiylari halok bölganlarning ba’zilari Hamasga aloqador bölganini ta’kidlagan, biroq hozirça heç qanday dalil keltirilmagan. Isroil mudofaa armiyasi bayonotida tan olinişiça, qurbonlarning barçasi öqqa tutiş çoğida qurolsiz bölgan.

Öşanda Falastin Qizil yarim oy jamiyati (PRCS) avtomobillar kolonnasi, BMT maşinasi va Ğazoning Rafah hududidagi fuqarolik mudofaasi öt öçiriş maşinasi öqqa tutilgandi.

Dastlab Isroil harbiylar maşinalar kolonnasi qoronğida, çiroqlarsiz va miltillovçi mayoqlarsiz «şubhali» tarzda yaqinlaşgani uçun öt oçganini da’vo qilgandi. Bu avtomobillar harakati oldindan armiya bilan kelişilmagandi.

Biroq, halok bölgan paramediklardan biri mobil telefonida olgan videoyozuvda çaqiruv böyiça yaradorlarga yordam berişga yöl olgan maşinalarning çiroqlari yoniq bölganini köriş mumkin. Dastlab New York Times tomonidan e’lon qilingan videoda tong otiş çoğida maşinalar yölda töxtagani va köp ötmay otişma boşlanganini aks etgan.

Video olti daqiqadan köproq davom etadi. Unda Refat Radvan ismli paramedik duo öqiyotgani, söngra Isroil askarlarining ovozlari eşitilgani yozilgan.

Isroil mudofaa armiyasi rasmiy vakili şanba kuni keçqurun jurnalistlarga ma’lum qilişiça, askarlar avvalroq Hamasning uç a’zosi bölgan avtomobilni öqqa tutgan. Tez yordam maşinasi voqea joyiga yetib kelganida, havodagi kuzatuv quruqlikdagi kuçlarga kolonna «şubhali harakatlanayotgani» haqida xabar beradi.

Tez yordam maşinalari Hamas maşinasi yonida töxtaganida, Isroil harbiylari buni tahdid deb hisoblab, şifokorlardan birortasi qurollangani haqida dalillar yöqligiga qaramay, öt oçgan.

Keyinçalik Isroil avtomobillarning çiroqlari öçirilgani haqidagi dastlabki bayonot notöğri bölganini tan oldi – bu harbiylarning öz xabarlariga asoslangan edi. Videodan körinib turibdiki, avtomobillar aniq qilib belgilangandi, şifokorlar esa yoruğlik qaytaruvçi formada bölişgan.

TsAXAL vakilining sözlariga köra, harbiylar 15 kişi jasadini yovvoyi hayvonlardan himoya qiliş uçun kömib yuborgan, maşinalar esa keyingi kuni yölni oçiş uçun olib ketilgan.

Jasadlar faqat bir haftadan keyin topilgan, çunki xalqaro taşkilotlar, jumladan, BMT ham bu hududga xavfsiz ötişni taşkil eta olmagan va voqea joyini aniqlay olmagan.