Trossarning birinçi bölimdagi goli yetarli bölmadi va «Arsenal» yana oçko yöqotdi. Uşbu belgiyalik yana bir yakkama-yakka vaziyatdan foydalanganida öyin masalasi hal bölgan bölardi, ammo ikkinçi bölim boşida boş hakam Darren Ingland mehmonlar darvozasiga şubhali penalti belgiladi va Ndiay hisobni tenglaştirdi. Holbuki bu vaziyatda jarima maydoniga kiriş vaqtidagi töp uçun kuraşda Harrison aktyorlik mahoratini işga solgandi. VAR esa vaziyatga aralaşmadi.
Ikkinçi bölim davomida «Everton»ni baribir taslim qiliş mumkin edi, ammo Edegor, Gabriel Martinelli va Rays öz imkoniyatlaridan foydalana olişmadi.
Lekin bu amalda londonliklar uçun heç narsani anglatmaydi. «Liverpul» faqat çempionatdan öz ixtiyori bilan çiqib ketsagina uşbu jamoaga yetib oliş mumkin. Öyin arafasida oradagi farq 12 oçkoni taşkil etayotgandi va Arteta birinçi navbatda hafta örtasida YeÇLda «Real»ga qarşi keçadigan öyinni öyladi va yetakçilarni zaxirada qoldirdi. «Everton» esa öz maydonida qatorasiga yettinçi bor «katta oltilik» jamoalariga yutqazmayapti (+1=6). Ikki turdan keyin esa «Gudison Park»da YeÇL yöllanmasi uçun kuraşayotgan «Mançester Siti» mehmon böladi.
Vaqtinça «Nyukasl»ni quvib ötgan va oçkolar böyiça «Mançester Siti»ga tenglaşib olgan «Aston Villa»ga Rodjyers va Malenning birinçi bölimdagi gollari yetarli böldi. Ayni vaqtda APLda faqat birmingemliklar safida yil boşidan buyon barça turnirlar doirasida golli harakatlarini öntadan oşirgan ikki futbolçi bor: Uotkins va Rodjyersda 12 tadan, Asensioda töqqizta. Ularning gol yoki paslari — «Villa»ning yetti uçraşuvdan iborat ğalabali seriyasini ta’minladi. «PSJ»ga qarşi öyinga Unai Emeri jamoasi yuqori formada yetib kelmoqda. Qolaversa, ispaniyalik mutaxassis uşbu klub boşqaruvida ikkinçi marta uy uçraşuvlarida ön beş öyindan iborat mağlubiyatsiz seriya qayd etmoqda.
Ispaniya: «Real»da penalti tepiş böyiça muammolar bor
«Real» qatorasiga ikkinçi uy uçraşuvida ligada jon saqlab qoliş uçun kuraşayotgan jamoa bilan öyinning birinçi bölimini boy berdi. Holbuki madridliklar tezkor gol bilan hisobda oldinga çiqib olişi mumkin edi, ammo Vinisius Junior penaltidan foydalana olmadi va javob hujumida gol ötkazib yuborildi. Bu madridliklar uçun joriy mavsumda barça turnirlar doirasida beşinçi bor 11 metrlik nuqtadan xato zarba berilişi böldi (16 urinişdan 11 gol), bu esa sönggi 11 yillikdagi eng yomon körsatkiç.
Şanba kungi öyinda penalti işlagan Mbappe bir hafta oldin öz penaltisini panenka uslubida aniq ijro etgandi. Bu öyinda esa fransuzga 11 metrlik zarba tepiş huquqini berişmadi, u öyindan ham gol urolmadi. «Valensiya»ni bir neça bor Mamardaşvili qutqardi, Kilianning zarbasidan keyin töp Diakabi orqali darvozaga borib tuşganida esa ofsayd qayd etildi.
Ikkinçi bölim boşida burçak zarbasidan keyin Vinisius Bellinghem taşlab bergan töpni darvozaga yöllaganida barçasi joyiga tuşgandek köringandi.
Ammo mehmonlar darvozaboni hamda himoyaçilari qahramonlik körsatişda davom etişdi va «Qirollik klubi» muvaffaqiyatni rivojlantira olmadi. «Körşapalaklar» yakunda nafaqat raqib şturmiga doş berişdi, balki qöşib berilgan daqiqalarda ğalabani ilib ham ketişdi. Madridliklarning sobiq futbolçisi Ugo Duro jamoaning çempionlik ambitsiyasiga qattiq zarba berdi. Karlo Ançelotti jamoasi 21 ta zarba yöllaganiga qaramay, yutqazdi va uç oçkolik farq bilan oldinda borayotgan «Barselona»ga yetib ololmadi.
Öz öyinini keyinroq ötkazgan «Barselona» oradagi farqni oşiriş imkoniyatiga ega böldi va tezda hisobni oçdi. Golli hujum Kunde töpni olib qöyişi bilan boşlandi, şundan keyin Yamal Ferran Torresga pas berdi, u esa bir teginişda Gavini qulay vaziyatga çiqarib yubordi. Ammo kataloniyaliklar şu ruhda davom eta olişmadi va mehmonlar tezda javob qaytarişdi. Lo Çelso burçakdan töp oşirganida Natan havodagi duelda Arauxodan ustun keldi. Keyin uşbu braziliyalik himoyaçi va jamoadoşlari kök-anorranglilarning barça hujumlarini qaytarişdi, Ferran esa beş metr masofadan turib aniq zarba berolmadi. Adrian ham darvozada yaxşi turdi, jumladan ikkinçi bölim boşida Kundening kutilmaganda yaqin burçakka yöllagan zarbasini bartaraf etdi.
Qolaversa, şu kuni Yamalning öyini çiqmadi, uning uzatmalarining 30 foizga yaqini xato böldi, muvaffaqiyatsiz dribling, noaniq pas va zarbalar tufayli 29 marta töp yöqotdi.
«Betis» 18 yildan buyon ilk bor mavsumning ikki öyinida ham kataloniyaliklarga yutqazmadi, Manuel Pellegrini şogirdlari yordami tufayli «Real» «Barsa»ni ança oldinga qöyib yubormaydigan böldi, endi jamoalar örtasidagi farq olti emas, tört oçkoni taşkil etmoqda.
«Parma»ni nafaqat körsatgan xarakteri, balki skudetto uçun kuraşni keskinlaştirgani uçun ham maqtasa arziydi. «Inter» esa joriy mavsumning özida ikkinçi marta ikki töp farqni boy berdi. Ammo raqib «Yuventus» (4:4) bölgani boşqa gap, ligada jon saqlaş uçun kuraşayotgan raqib boşqa gap. Holbuki Lautaro Martines safga qaytişi avvaliga neradzurrilarga omad olib kelgandi. Qolaversa, hisob 0:0 va 1:0 holatlarida Zommerning seyvlari gollardan qutqardi.
Bölim oxirida Tyuram Mxitaryanning uzatmasidan söng ikkinçi golni urganida öyin masalasi hal bölgandek edi. Ammo birinçi bölimda foydalanilmagan vaziyatlar ikkinçi bölimda pand berdi. Endi omad «Parma»ga kulib boqa boşladi, Zommer ikkinçi golni rikoşet tufayli ötkazib yubordi. Öyin oxirida mezbonlar ğalabani ilib ketiş uçun öta qulay imkoniyatni qöldan boy bergani hisobga olinsa, durang ham Simone Indzagi jamoasi uçun yomon natija emas. Ammo «Napoli» yakşanba kuni öz öyinida Bolonyada ğalaba qozonsa, peşqadam bilan oradagi farq 1 oçkogaça qisqaradi.
«Milan» – «Fiorentina» 2:2
Gollar: Abraham 23, Yoviç 64 – Tiav 7 (avtogol), Ken 10.
«Milan» — Menyan, Uoker, Tomori, Tiav, Ernendes, Musa (Yoviç, 23), Fofana (Çukvuezi, 80), Pulişiç, Reynders, Leau, Abraham (Himenes, 55, Feliş, 80).
«Fiorentina» — De Xea, Pongraçiç, Mari, Raniyeri, Dodo, Mandragora, Kataldi, Fadjoli, Parisi, Gudmundsson, Ken.
Milanning boşqa jamoasi öyini ham bundan kam bölmagan, balki undan ham dramatikroq bölib çiqdi. Rossonerilar sönggi vaqtlarda raqibga birinçi bölib gol uriş imkonini berişi odatiy holga aylandi, ammo bu safar yangi «daraja»ga çiqildi va 10-daqiqaga kelib ikkita gol ötkazişdi. «Fiorentina»ning ikkinçi goliga mualliflik qilgan Moyze Kin uçun bu mavsumdagi 22-gol böldi. U florensiyaliklar tarixidagi töpurarlar röyxatida Alberto Jilardino (2008/09)ning natijasini yaxşilaşga qarab ketmoqda.
Lekin bunday yomon start Serjiu Konseysau jamoasini karaxt holatga sololmadi va jamoa töliq kuç bilan hujumga ötdi. 23-daqiqada Abraham çiroyli gol bilan hisobni qisqartirdi. Ikkinçi bölimda «Milan» yanada kuçliroq öynadi va uçraşuv darvozabonlar benefisiga aylandi. Menyan aql bovar qilmas seyv bilan Ken ikkinçi golni urişiga yöl qöymadi, De Xea esa bir metr masofadan turib takroriy zarba bergan Pulişiçga gol urişga yöl qöymadi va birga-bir vaziyatga çiqib kelayotgan Santyago Himenesni töxtatdi.
Ammo öyindagi törtinçi gol baribir urildi. Zaxiradan tuşgan Yoviç Fofananing pasidan keyin yakkama-yakka vaziyatdan foydalandi. Öyin oxirida Dodo urgan gol esa ofsayd tufayli bekor qilindi va «Fiorentina» ğalabani ilib ketiş imkoniyatidan mahrum böldi. Bu ikki tomonni ham qoniqtirmaydigan durang böldi: «Milan» va «Fiorentina» turnir jadvalida qöşnilar (sakkizinçi va yettinçi örinlar) bölib qolişdi, bu örinlar esa yevrokuboklarga yöllanma bermaydi. Ularda hozirça faqat Italiya Kubogi va Konferensiyalar ligasi ğolibi sifatida yöllanma oliş imkoniyati bor.
Germaniya kubogini sensatsion ravişda tark etgan «Bayyer» «Haydenhaym» maydonidagi öyinda «Arminiya» bilan qarama-qarşilikda qila olmagan işini qildi. Aniqroq qilib aytganda — öz uslubida sönggi daqiqalarda muhim golni urib ketdi. Bu oqşom Leverkuzen qahramoni zaxiradan tuşirilgan Buendia böldi, u jarima maydoni taşqarisidan turib yöllagan zarba ustunga tekkan holda darvoza töriga borib tuşdi. Qişda «Aston Villa»dan ijaraga olingan futbolçi uçun bu Germaniyadagi birinçi gol böldi, ğalaba esa «Bavariya» hozirda birinçi va ikkinçi örinlar orasidagi olti oçkolik farq uzayişiga yöl qöymadi.
Heçdan köra keç yaxşi. Gap bahorga kelib nihoyat nemis futbolining grandlaridan biri ekanini eslab qolgan «Borussiya» haqida ketmoqda. Ötgan turda dortmundliklar kuçli törtlikdagi «Mayns»ga qarşi işonçli öyin ötkazişgandi. Endi esa yaqingaça Çempionlar ligasiga yöllanma beruvçi yuqori örinlarda yurgan «Frayburg»ni jazolaşdi. Öyinda jamoaning bu mavsumdagi eng yorqin futbolçisi Adeyyemi hisobni oçdi. Ikkinçi golli hujumda «asalarilar»ga rikoşet yordamga keldi, keyin Brandt Girassini böş qolgan darvoza qarşisiga çiqardi. Gittens esa «Frayburg»ni uzil-kesil taslim etdi. Niko Kovaç jamoasi özaro öyinda mağlub etilgan uşbu raqibga deyarli yetib oldi va yevrokubok zonasi tomon yana bir qadam taşladi. Töğri, «Borussiya»ni oldinda eng oğir hafta kutmoqda – dastlab YeÇL doirasida «Barselona»ga qarşi safar öyini, hafta oxirida «Bavariya» bilan nemis klassikasi.
YeÇL yöllanmasi uçun kuraşdagi yana bir jamoa «Leypsig» ham beqaror öyin körsatişda davom etmoqda, bu safargi öyin Gulaçining ikkitalik xatosi bilan boşlandi. Tajribali darvozabon avvaliga töpni raqibning oyoğiga taşlab berdi, keyin diqqatini jamlay olmadi va uzoq masofadan yöllangan, u qadar qiyin bölmagan zarbani tösa olmadi. Öz navbatida, Germaniya milliy jamoasiga nomzod darvozabon Baumann ham «Hoffenhaym»ni qutqara olmadi va Şeşko javob golini urdi. Mehmonlar bölim davomida bir kişi kam bölib qolişdi va tanaffus arafasida Bakuning zarbasidan keyin ikkinçi golni ham ötkazib yuborişdi.
Ikkinçi bölimda esa bir hujumda ikkita urinişga ega bölgan Poulsen «qişloqilar» jamoasini butkul taslim etdi. «Leypsig» endi ketma-ket uç turda oçko yöqotganiga qaramay törtinçi örinda qolayotgan «Mayns»ni bir oçkolik farq bilan ta’qib etmoqda. «Mayns» bu turda öz uyida autsayder «Holştayn»ni yenga olmadi (1:1). Uçinçi örin ham uzoq emas, bu turda «Ayntraxt» «Verder»ga yutqazib qöydi (0:2). Turnir jadvalidagi vaziyat yakşanba kungi öyinlardan keyin oydinlaşadi, Menxengladbahning «Borussiya» klubi «Sankt-Pauli» maydonida zafar quçolsa, törtinçi öringa çiqib olişi mumkin.
Liga 1 28-turida peşqadam «PSJ» öz maydonida «Anjye»ni Duening yagona goli evaziga mağlubiyatga uçratib, muddatidan avval Fransiya çempioniga aylandi. Mazkur ğalabadan söng «PSJ» oçkolari sonini 74 taga yetkazib, çempionat yakuniga 6 tur qolganida, 2-örindagi «Monako»dan 24 oçkoga ilgarilab ketdi. Şu tariqa, Luis Enrike şogirdlari 13 karra Fransiya çempioniga aylandi. «PSJ» endi asosiy e’tiborni YeÇL öyinlariga qaratişi mumkin. Bundan taşqari, qolgan olti tur davomida mağlubiyatsiz öynasa, parijliklar Fransiya tarixidagi mavsumni mağlubiyatsiz ötkazgan ilk jamoaga aylanadi.
«Monako» esa «Brest» maydonida qöşimça daqiqalarda gol ötkazib yuborib, ikkinçi örin uçun raqobatçilari uçun yaxşi imkoniyat hosil qildi. Yakşanba kungi öyinlardan keyin monegaskliklarni «Marsel» quvib ötişi, hozirça yettinçi örindagi «Strasbur» ham oradagi farqni bir oçkogaça qisqartirişi mumkin.