AQŞ hukumati Ukrainada davom etayotgan tinçlik muzokaralari tufayli import bojlarini joriy qilişda Rossiya uçun istisno qildi. Bu 6 aprel, yakşanba kuni ABC telekanaliga bergan intervyusida Oq uy Milliy iqtisodiy kengaşi rahbari Kevin Xassett tomonidan aytildi.
Undan nima uçun tariflar 185 ta davlatga ta’sir qilgani, biroq bir neçta istisnolardan biri Rossiya uçun qilingani haqida söralgan. «Oçiği, Rossiya va Ukraina bilan muzokaralar davom etayotgani uçun. Menimça, prezident bu ikki masalani aralaştirib yubormaslikka qaror qildi. Bu Rossiyaga har doim boşqa davlatlardan farqli munosabatda bölişini anglatmaydi», — deydi Xasset.
U «köplab rossiyaliklar va ukrainaliklarning hayotiga ta’sir qiladigan muzokaralar örtasida juda köp yangi narsalarni «stolga qöyişga» qarşi çiqdi. «Bu qabul qilinişi mumkin emas», deb hisoblaydi iqtisodçi.
«Rossiya minglab odamlarning hayotiga ta’sir qiladigan muzokaralar jarayonida. Prezident Tramp hozir aynan şu narsaga e’tibor qaratmoqda», — deya xulosa qildi Xasset.










