Regionning asosiy birja indekslari – Şanxaydan Tokiogaça va Sidneydan Hongkonggaça – duşanba kuni savdolar oçilişi bilanoq qulab tuşdi.
Kun yarmiga kelib Yaponiyaning Nikkei 225 indeksi 6 foizga, Avstraliyaning ASX 200 indeksi 4 foizga, Janubiy Koreyaning Kospi indeksi esa 4,7 foizga tuşib ketdi.
Shanghai Composite indeksi 6 foizdan köproqqa, Hongkongning Hang Seng va Tayvanning TAIEX indekslari taxminan 10 foizga pasaygan.
Osiyo-Tinç okeani mintaqasining 13 mamlakatidan yirik va örta kapitallaşuvga ega kompaniyalarni öz içiga olgan MSCI Asia Pacific indeksi 2008 yildan beri eng kuçli pasayişni körsatdi (minus 7,1 foiz), Nikkei 225 esa «ayiq bozori» zonasiga kirdi – ya’ni avvalgi maksimal körsatkiçdan 20 foiz yoki undan köproqqa pasaydi, deb yozadi Bloomberg agentligi.
«Bu qonli qirğin», – deya izoh berdi birja tahlilçilaridan biri BBC’ga.
Xitoyning materikdagi qismi, Hongkong va Tayvandagi birjalar juma kuni bayramlar tufayli yopilgani sababli, investorlar faqat duşanba kuniga kelib global qulaşlarga reaksiya bildirişdi, şu sababli qulaş yanada keskin köriniş oldi.
Butun dunyo böylab sotiladigan tovarlarning aksariyati aynan Osiyoda işlab çiqarilgani sababli, Osiyo mamlakatlari va hududlari AQŞ tomonidan joriy etilgan tariflardan bevosita aziyat çekmoqda. Ular, şuningdek, global savdo uruşi dunyodagi eng yirik iqtisodiyot sekinlaşişiga yoki hatto tanazzuliga olib kelişi mumkinligidan xavotirda.
«Tariflar inflatsiya va retsessiya bilan boğliq xavotirlarni kuçaytiradi», – dedi London fond birjasining şu’ba korxonasi – FsE Russell bölimi rahbari Juliya Li.
Goldman Sachs keyingi 12 oy içida AQŞdagi retsessiya ehtimolini 10 foiz punktga – 45 foizga oşirdi.
Uoll-stritdagi boşqa investitsiya kompaniyalari ham Tramp ma’muriyatining tariflar haqidagi e’loni fonida öz prognozlarini qayta körib çiqdi. JPMorgan endi AQŞ va dunyoda retsessiya ehtimolini 60 foiz deb baholamoqda. Şu bilan birga, JPMorgan iqtisodçilari Amerika iqtisodiyoti istiqbollarini baholaşni özgartirdi: avvalgi 1,3 foizlik ösiş prognozi örniga ular endi 0,3 foizlik pasayiş ehtimoliga asoslanmoqda, deb yozadi Reuters.
Yakşanba kuni Air Force One bortida jurnalistlar qarşisiga çiqqan Tramp bozorlar pasayişi uni taşvişga solmayotganini ma’lum qilgandi.










