Uçraşuv boşida Kamarudin Meranun Air Asia X Berhad aviakompaniyasi joriy yilning may oyidan e’tiboran Kuala-Lumpur – Toşkent – Kuala-Lumpur yönalişi böyiça aviaçiptalar sotuvini boşlaş va sentabr oyidan haftasiga 4 marotaba muntazam aviaqatnovlarni yölga qöyiş böyiça rejalarini ma’lum qildi.

Kompaniya raisi özining tarmoq kompaniyalari va Özbekiston milliy aviataşuvçisi – Uzbekistan Airways kompaniyasi bilan birgalikda respublika şaharlarini Janubi-Şarqiy Osiyo mamlakatlarini Markaziy Osiyo hamda MDH davlatlari bilan boğlaydigan yirik aviahablarga aylantiriş niyatida ekanini bildirdi.

"Özbekistonga Malayziya va Indoneziyadan musulmon sayyohlar oqimini yanada oşiriş maqsadida guruh qoşida faoliyat yuritayotgan Ikhlas sayyohlik kompaniyasi mamlakatingiz turoperatorlari bilan yaqin hamkorlik qilişga tayyor. Şuningdek, Özbekistonga bölajak aviaparvozlarni yölga qöyiş böyiça amaliy harakatlarni boşlaş hamda sayyohlar uçun yaratilgan infratuzilma bilan yaqindan tanişiş maqsadida kompaniya delegatsiyasining Özbekistonga safari rejalaştirmoqda", dedi u.

Capital A Berhad guruhi Osiyodagi eng yirik va yetakçi kam budjetli (low-cost) aviakompaniya hisoblanadi. Aviakompaniya parki 200 ta samolyotdan iborat. Aviatsiya holdingi 6 ta (AirAsia Malaysia, AirAsia X, AirAsia Thailand, AirAsia Indonesia, AirAsia Philippines, AirAsia Cambodia) aviakompaniyani birlaştiradi. AirAsia X kompaniyasi uzoq masofali reyslarni amalga oşiradi. Holding Kuala-Lumpur, Bangkok, Jakarta, Manila, Pnompen aeroportlaridan xab sifatida foydalanadi. Hozirgi kunda aviaguruhning marşrut tarmoği 160 dan ortiq yönalişdan iborat. Ular Osiyo va Okeaniyadagi yirik aeroportlarni qamrab oladi.