4-6 aprel kunlari futbol böyiça Özbekiston çempionatining 4-tur uçraşuvlari bölib ötdi.

«Buxoro» – «Bunyodkor» 0:2
Gollar: Frane Ikiç 78 (avtogol), Bobur Yöldoşev 87.
«Buxoro» : Abdullayev, Tomaşeviç, Çiryak (Fozilov, 67), Kolakoviç, Ikiç, Pölatov, Yöldoşev (Jörabekov, 67), Röziyev, Xayrullayev, Norxonov (Qayumov, 81), Begiç (Tupliyev, 53).
«Bunyodkor»: Abdunabiyev, Yöldoşev, Rahimjonov (Tölqinbekov, 84), Bugarin, Normurodov, Mali (Zevadinov, 89), Aşortia (Olimjonov, 72), Hamrobekov, Sroler (Yöldoşev, 72), Töraqulov (Amonov, 46), Kaçorri.

Superliga 4-turini «Buxoro» va «Bunyodkor» uçraşuvi boşlab berdi. Toşkentda ötkazilgan, ammo buxoroliklar rasman mezbon sanalgan (jamoa stadioni mavsumga tayyor emas) öyinda «qaldirğoçlar» Frane Ikiçning ikkinçi bölim örtalaridagi avtogoli va undan ön daqiqaça ötib Bobur Yöldoşev urgan gol evaziga ğalaba qozondi.

Bu natijadan söng Ilyos Zeytullayev şogirdlari 10 oçko bilan 1-öringa kötarilib oldi. Beşinçi örindagi buxoroliklar hisobida esa 6 oçko bor.

«Surxon» – «Qöqon-1912» 3:1
Gollar: Muhammadali Abdurahmonov 37, Diyor Ramazonov 90+3, Asadbek Karimov 90+7 – Muhammadanas Hasanov 74.
«Surxon»: Potapov, Hamidjonov, Ne’matxonov (Xöjaniyozov, 79), Poyonov (Kolesniçenko, 59), Şaydulov, Jumayev (Karimov, 68), Şamsiyev, Abduxoliqov, Tursunov (Ramazonov, 68), Mirqodirov, Abdurahmonov (Haydarov, 59).
«Qöqon-1912»: Isoqov, Giorgadze, Toştemirov, Salimov, Malikjonov (Jöraboyev, 66), Qosimov, Akramov, Hasanov, Ğofurov, Beşimov, Xoltörayev (Kondratyuk, 34, Xayrullayev, 83).
Çetlatişlar: Husniddin Ğofurov 52, Muhammadanas Hasanov 80 (ikkisi ham «Qöqon-1912»dan).

«Surxon» va «Qöqon-1912» uçraşuvida esa mezbonlar sönggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga zafar quçdi.

Termizdagi bahsda dastlab Muhammadali Abdurahmonov hisobni oçgan bölsa, ikkinçi bölimda Muhammadanas Hasanov qöqonliklarning hisobni tenglaştiruvçi goliga mualliflik qildi. Ammo qöqonliklar ikkinçi bölim davomida töqqiz kişi bölib qolişdi, öyinga hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda esa Diyor Ramazonov va Asadbek Karimov bittadan gol urib, mezbonlarning hisobdagi ustunligini ham ta’minladi.