Bloomberğning xabar berişiça, bu qaror OPEC+ning kutilayotgandan keskinroq tarzda kuniga 400 ming barrelgaça neft qazib çiqarişni oşiriş töğrisidagi qaroridan atigi bir neça kun ötib qabul qilindi.

Bundan taşqari, «Trampning bojlari» ham jahon neft narxlariga jiddiy zarba berdi — neft narxi bir kunda 10 dollarga tuşib ketdi: barreliga 75 dollardan 65 dollargaça. Bu sönggi uç yil içida kuzatilgan eng past darajadir. Budjeti neftning jahon narxlariga töğridan-töğri boğlangan Rossiya uçun bu haqiqiy iqtisodiy zarba böldi.

Bundan avval Tramp OPEC+dan neft narxini pasaytirişni talab qilgan edi. Uning ta’kidlaşiça, bu talab inflatsiyani pasaytiriş va Rossiyaga bosimni kuçaytiriş uçun zarur — u şunday qilib Kremlni Ukrainadagi uruşni tugatişga undamoqçi bölgan.

65 dollardan past Brent — Kreml uçun tahdid

Londondagi Brent nefti narxi 65 dollardan pastlab ketdi — bu sönggi tört yildagi eng past körsatkiç. Soliştiriş uçun: Rossiya 2024–2025 yillar byujyetini neft narxi 70 dollardan yuqori böladi, deb rejalaştirgan. Barça har bir barreldagi 1 dollarlik yöqotiş — byujyet uçun milliardlab rubl zarar degani. Saudiya Arabistoni esa neft yetkazib berişni bosqiçma-bosqiç köpaytirişni rejalaştirmoqda, bu esa narxlarning yanada pasayişi xavfini yuzaga keltiradi.

Nega bu hol Rossiya uçun oğriqli?

Rossiya iqtisodiyoti nafaqat neft, balki gaz eksportiga ham kritik darajada boğlangan. Bu daromadlar Kremlning harbiy xarajatlarini, jumladan, Ukrainaga qarşi uruşni moliyalaştirişga xizmat qilmoqda. Budjet taqçilligi oşib borayotgan şaroitda arzon neft Kremlning harbiy kampaniyani davom ettiriş rejalarini barbod qilişi mumkin.

Agar narxlar tuşişi davom etsa, Moskva oğir tanlov qarşisida qoladi: yo harbiy xarajatlarni qisqartiriş kerak böladi yoki rubl bosib çiqarişga majbur böladi. Keyingi çora esa inflatsiyani avj oldiradi. Har ikki holatda ham bu Kreml uçun iqtisodiy falokat va rossiyaliklar uçun oğir oqibatlarni anglatadi.

Trampning roli

Bloomberg ma’lumotiga köra, OPEC+ning qazib çiqarişni oşirişi va narxlarni tuşirişi AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan qilingan bosim fonida yuz bergan. Tramp OPEC+dan narxlarni pasaytirişni talab qilgan, bu esa inflatsiyaga qarşi kuraşiş va Rossiyaga bosimni kuçaytiriş uçun zarur, deb hisoblagan. Uning qarori bir vaqtning özida ikki yönalişda ta’sir qilmoqda: Rossiyaning uglevodorodlar eksportidan tuşadigan daromadini kamaytirmoqda va Kremlni uruşni moliyalaştiriş manbaidan mahrum qilmoqda.