Prezident Şavkat Mirziyoyev Moskvada bölib ötadigan Ğalabaning 80 yilligiga bağişlangan tantanada iştirok etadi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot kotibi Şerzod Asadov jurnalistlarga. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
«Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9 may kuni Moskva şahrida bölib ötadigan Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 80 yilligi munosabati bilan ötkaziladigan yubiley tadbirlarida iştirok etadi», dedi Asadov Parlamentlararo ittifoqning Toşkentdagi assambleyasi çoğida.
Asadov bu masala Özbekiston rahbarining Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengaşi raisi Valentina Matviyenko bilan uçraşuvida muhokama qilinganini ta’kidladi.









