Prezident Şavkat Mirziyoyev 7 aprel kuni Parlamentlararo ittifoq assambleyasida Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Rossiya federal majlisi federatsiya kengaşi raisi Valentina Matviyenkoni qabul qildi.

Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari körib çiqilgan. Parlamentlararo aloqalar samarali bölayotgani yuksak baholangan.

«Oliy darajada erişilgan kelişuvlar ijrosi ustidan parlament nazorati böyiça faol hamkorlikni davom ettiriş muhim ekani ta’kidlandi.

Savdo-iqtisodiy şeriklik sur’atini ta’minlaş, sanoat kooperatsiyasi loyihalari va gumanitar almaşinuv dasturlarini qöllab-quvvatlaşga alohida e’tibor qaratildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Şavkat Mirziyoyev şu kuni yana öndan ortiq mamlakat delegatsiyalarini, xususan Ozarboyjon Milliy majlisi raisi Sohiba Gafarovani ham qabul qildi.

Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon Özbekiston yetakçisiga Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Özbekiston bilan Ozarboyjon örtasidagi döstlik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada kengaytiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqilgan.

Iqtisodiy hamkorlik yili doirasida birgalikda samarali işlar amalga oşirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboşlaş hajmi ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirgan. Madaniy-gumanitar tadbirlar muntazam ötkazib kelinmoqda.

Erişilgan kelişuvlar ijrosini nazorat qiliş va bölajak oliy darajadagi sammitlar uçun yangi takliflar işlab çiqiş maqsadida parlamentlar örtasida yaqin amaliy hamkorlikni va faol almaşinuvlarni davom ettiriş muhim ekani ta’kidlandi.

Belarus Milliy majlisi respublika kengaşi raisi Natalya Koçanova bilan uçraşuv avvalida delegatsiya rahbari Özbekiston yetakçisiga Aleksandr Lukaşenkoning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.