Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi (CHP) yetakçisi Özğur Özel ustidan tuhmat yuzasidan sudga murojaat qildi. Özel mitingda Erdöğanni «xunta prezidenti» deb atagan edi.
Erdöğan advokati Husayn Oydin sözlariga köra, Özeldan 500 ming turk lirasi (taxminan 13 ming dollar) miqdorida ma’naviy zarar tovon puli söralmoqda.
Özğur Özel ötgan hafta bölib ötgan partiyaning navbatdagi qurultoyida CHP yetakçisi etib saylangan edi. 6 aprel kuni bölib ötgan mitingda u Istanbul meri Ekrem Imomöğlining hibsga olinişi haqida gapirib, buni davlat töntarişiga uriniş deb atadi. Erdöğan haqida esa «xunta prezidenti» dedi.
Erdöğanni qöllab-quvvatlayotgan siyosatçilar, öz navbatida, muxolifat partiyasi va Özelni xunta deb atadi. Hukmron Adolat va Taraqqiyot partiyasi matbuot kotibi Ömer Çelik Özelni «yomon niyatli siyosiy jaholatda» aybladi.
Turkiya mart oyidan beri amaldagi prezidentning asosiy raqiblaridan biri sanalgan Istanbul meri Ekrem Imomöğlining hibsga olinişi tufayli yuzaga kelgan siyosiy inqiroz girdobida. Siyosatçining hibsga olinişi butun mamlakat böylab ommaviy noroziliklarga sabab böldi. Özel yaqinda bölib ötgan partiya qurultoyida muxolifat namoyişlarda qatnaşişda davom etişga va’da berdi.









