Agar AQŞ prezidenti Donald Tramp nemis tovarlariga bojlarni saqlab qolsa, Germaniya iqtisodiyoti AQŞga eksportda jiddiy yöqotişlarga duç keladi. «Bu juda muhim oqibatlarga olib keladi, biz sodda bölmasligimiz kerak», dedi Germaniya moliya vaziri vazifasini bajaruvçi Yorg Kukis 7 aprel, duşanba kuni ZDF telekanalida. Buni tasdiqlagan holda u Iqtisodiy tadqiqotlar instituti (ifo) hisob-kitoblarini keltirdi, unga köra, Germaniyaning AQŞga eksporti taxminan 15 foizga kamayadi.

Şu bilan birga, Kukisning sözlariga köra, iqtisodiy ösiş istiqbollari sezilarli darajada pasayadi, retsessiya xavfi esa, aksinça, ortadi.

Vaşingtonning tariflarni oşirişi sabab bölgan savdo mojarosida ğoliblar bölmaydi, deydi Germaniya Moliya vazirligi rahbari. Amerika kompaniyalarining reaksiyasi şuni körsatadiki, AQŞda retsessiya xavfi ham ortib bormoqda, bu esa va’da qilingan soliqlarni kamaytiriş imkoniyatlarini qisqartiradi, deya xulosa qildi Yorg Kukis.