Grenlandiya parlamenti 7 aprel kuni ötgan oydagi saylovlardan söng ilk marta yangi tarkibda yiğildi va eng yirik partiya — «Demokratit» yetakçisi Yyens-Frederik Nilsenni boş vazir lavozimiga tasdiqladi, deb xabar bermoqda DR.
Grenlandiya boş vaziri lavozimiga tasdiqlanganidan keyin Nilsen öz hukumat tarkibini e’lon qildi. Unga beşta parlament partiyasidan törttasining vakillari kiritildi.
Grenlandiyaning avvalgi boş vaziri Mute Egede Moliya va soliqlar vazirligini boşqarişni öz zimmasiga oldi. Taşqi aloqalar masalasi esa avvalgidek Vivian Motsfeldt zimmasida qoldi.
Grenlandiyaning yangi hukumati avtonomiyani kengaytiriş va Daniyadan ehtimoliy mustaqillik uçun harakat qilmoqda. Biroq ular AQŞ tarkibiga kirişni ma’qul körmayotganini ma’lum qilişgan.









