Şimoliy Koreyadagi ilk kompyuter öyinlari klubi poytaxt Pxenyan şimolida joylaşgan bölib, u öz bağriga 300 kişini siğdira oladi. Öyin zallarida qanday kompyuterlardan foydalanilişi hozirça noma’lum. Mamlakat rahbari Kim Çen Inning klubga taşrifi vaqtida olingan suratlarda ham öyin zallarida birorta kompyuter körinmagan.


“Bu poytaxt aholisi va butun mamlakat böylab odamlarning moddiy va madaniy farovonligini tubdan yaxşilaş uçun yangi xizmat körsatiş sohalarini barqaror örganiş va kengaytirişga qaratilgan qadamdir”, — deya ta’kidlagan KXDR rahbari Kim Çen In klubga taşrifi çoğida.
Mutaxassislar mamlakat hukumati klubdagi öyinlar kataloglarini jiddiy nazorat qilişini qayd etmoqda. Ta’kidlanişiça, öyinlardagi davlat siyosatiga zid örinlar olib taşlanadi.

NK News naşriga köra, Şimoliy Koreya hukumati bunday klublar orqali yoşlarga ta’sir ötkazib, öz ğoyalarini öyinlar vositasida tarğib qilişi mumkin. Şuningdek, hukumat kompyuter klublaridan kelajakda haker, harbiy dasturçi kabi kasblarni egallaşi mumkin bölgan iste’dodli yoşlarni aniqlaş joyi sifatida ham foydalanişi ehtimoli bor.









