Meksika prezidenti Klaudiya Şeynbaum AQŞ prezidenti Donald Tramp ilgari kiritgan yiğimlarga javoban Mexiko AQŞ mahsulotlariga bojlar joriy etişi mumkinligini aytdi. «Biz buni istisno qilmaymiz, biroq biz muloqotni davom ettirişni ma’qul köramiz», dedi Şeynbaum 7 aprel, duşanba kuni jurnalistlar bilan bölib ötgan uçraşuvda. «Albatta, biz Meksika sanoati va kompaniyalarini himoya qilmoqçimiz», — deya qöşimça qildi u. Prezidentning ta’kidlaşiça, u hozirgaça «birinçi navbatda meksikaliklarning manfaatlaridan kelib çiqqan holda» Amerika importiga bojlar qöyişdan tiyilib kelgan, çunki bunday çoralar Meksikada narxlarning oşişiga olib kelişi mumkin.
Klaudiya Şeynbaum öz mamlakati şimoliy qöşnisi bilan hali ham kelişuvga erişa olişiga umid bildirdi. Meksika eksportining 80 foizi AQŞ hissasiga töğri keladi. Donald Tramp fevral oyi boşida uşbu mamlakat, şuningdek, Kanadaning barça tovarlariga 25 foizlik bojlar joriy etişini e’lon qildi. U bu qarorini qöşni davlatlar giyohvand moddalarning AQŞga kirib kelişining oldini oliş uçun yetarli çoralar körmayotgani bilan izohladi.
Bojlarni joriy etiş sanasi qoldirildi va ular 2 apreldan kuçga kirdi. Şu kuni Tramp 180 dan ortiq mamlakat va hududdan tovarlarga yangi import tariflarini e’lon qildi, biroq Kanada va Meksika ular orasida yöq edi. Bundan taşqari, Tramp qaroriga köra, avvalroq bu ikki davlatga joriy qilingan tariflar 2020 yilda AQŞ, Meksika va Kanada örtasida imzolangan erkin savdo kelişuvi doirasidagi tovarlarga ta’sir körsatmagan. Xususan, 25 foizlik Amerika import bojlari Meksika avtomobillari, pölat va alyuminiysiga tegişli.

















