Bu — Ukrainaga qarşi uruş davridan beri qayd etilgan eng past körsatkiçlardan biri bölib, joriy yilgi budjetda belgilangan narxdan qariyb 20 dollarga kam.

Argus Media ma’lumotlariga köra, juma kuni Boltiqböyi Primorsk porti orqali yuklanayotgan Urals neftining bir barreli 52,76 dollar bölgan, deb xabar beradi Bloomberg. Bu joriy yil budjeti uçun belgilangan 69,7 dollardan 25 foizga past. 

Ötgan hafta oxirida jahon bozorida keskin qulaş röy berdi, natijada Brent navli nefti narxi 12,5 foizga tuşib ketdi va savdolarni 65,58 dollar darajasida yakunladi. Duşanba kuni narx 62,51 dollargaça pasaydi, söngra taxminan 63,5 dollargaça kötarildi.

Rossiya moliya vazirining örinbosari Vladimir Koliçev mart oyida 2025 yilda neft narxining örtaça darajasi 60 dollarga yaqin bölişi mumkinligini aytgan edi. Uning sözlariga köra, bunday holatda budjet taqçilligi YaIMning 1 foizigaça oşişi mumkin (joriy yilda budjetda bu körsatkiç YaIMning 0,5 foizi etib belgilangan). Biroq, amalda narx bundan ham pastroq bölişi ehtimoli bor. Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi ma’lumotlariga köra, mart oyida Urals neftining örtaça narxi 58,99 dollar, Brent neftiniki esa LSEG ma’lumotlariga köra 72,5 dollar bölgan. Demak, Urals va Brent örtasidagi farq 13,51 dollarni taşkil qilgan va agar bu farq saqlansa, Rossiya nefti narxi 50 dollar va undan ham pastroq bölişi mumkin.

Bu narx — uruş davrida qayd etilgan eng past daraja hisoblanadi. 2023 yilning dastlabki uç oyida soliq hisob-kitoblari uçun belgilangan Urals narxi örtaça 49 dollar bölgan. Biroq öşanda narxlar keyin jahon bozoridagi ösiş bilan kötarilgan bölsa, bugun heç qanday ijobiy signallar yöq. ING tahlilçilarining yozişiça, «bozordagi ommaviy sotuvlar talabning pasayişi haqidagi xavotirlar narxlarga ta’sir qilayotgani»ni körsatadi. 

Joriy narx darajalari yil oxirigaça örtaça kunlik talabning 1 mln barrelga kamayişini anglatadi, bu esa yil yakunida 2024 yil bilan soliştirganda talab özgarmay qolişini anglatadi, deyiladi ING hisobotida.

Tahlilçilarning ta’kidlaşiça, agar asosiy iqtisodiy omillar yomonlaşmasa, Brent nefti narxi endilikda 60–65 dollar atrofida bölib qolişi mumkin.

Jahon bozoridagi qulaş boşlanişidan oldin, mart oyining özida Rossiya ötgan yilga nisbatan 15 foiz kamroq neft soliqlari yiğdi. Bloomberg naşrining RF Moliya vazirligi ma’lumotlariga asoslanib yozişiça, Rossiya budjetining taxminan 30 foizi neft va gaz daromadlaridan şakllanadi, va martda 956,8 mlrd rubl soliq yiğilgan. Bu Xitoydagi talabning pasayişi, OPEC+dan taşqarida ham qazib çiqarişning ösişi hamda AQŞ prezidenti Jo Bayden tomonidan joriy yil yanvar oyida Rossiya neftiga nisbatan kiritilgan «xayrlaşuv sanksiyalari»ning oqibati böldi.