Reuters agentligi tanişgan hujjatlarga köra, deportatsiya qilinişi lozim bölgan migrantlar AQŞ hududini tark etmagan taqdirda kuniga 998 dollar miqdorida jarimaga tortiladi. Agar jarima tölanmasa, ularning mulki musodara qilinadi.
Bu sanksiyalar 1996 yilda qabul qilingan qonunga asoslanadi. U ilk bor Trampning birinçi prezidentlik muddatida — 2018 yili qöllangan edi.
Ma’muriyatning yuqori lavozimli rasmiylaridan biri anonimlik şarti bilan ma’lum qilişiça, uşbu jarimalarni beş yil orqa sanadan qöllaş rejasi bor. Bu esa 1 mln dollardan ortiq jarima yiğilişiga olib kelişi mumkin.
Reuters agentligi tanişgan hukumatning elektron maktublariga köra, Tramp ma’muriyati jarima tölamaydigan migrantlarning mulkini musodara qiliş imkoniyatini ham örganmoqda. Bu vazifa bilan AQŞ Bojxona va çegara xizmati şuğullanadi. Bundan taşqari, Adliya vazirligining fuqarolik aktivlarini musodara qiliş bölimi ham musodara jarayonida qatnaşişi mumkin.
AQŞ Içki xavfsizlik vazirligi matbuot kotibi Trişa Maklaflin Reuters agentligiga bergan izohida mamlakatda noqonuniy ravişda qolib ketayotgan migrantlar maxsus mobil ilovadan foydalanib, «öz xohişlari bilan deportatsiya qilinib, mamlakatni darhol tark etişlari şart», dedi. Bu ilova avval CBP One nomi bilan tanilgan, Tramp davrida esa CBP Home deb qayta nomlangan.
«Agar ular bunday qilmasalar, oqibati böladi. Har bir kun uçun 998 dollarlik jarima — bu noqonuniy xorijiy şaxs deportatsiya qarorini bajarmasdan ötkazib yuborgan har bir kuni uçun jazodir», — dedi Maklaflin.
Içki xavfsizlik vazirligi 31 mart kuni ijtimoiy tarmoqdagi xabar orqali bu jarimalar joriy etilişidan ogohlantirgan.
Reuters örganib çiqqan hukumat maktublariga köra, Oq uy Bojxona va çegara xizmatiga jarimalarni undiriş, jarima tölanmagan hollarda mulkni musodara qiliş va uning aktivlarini sotiş böyiça aniq çoralar körişni topşirgan.
Rejalaştirilayotgan jarimalar 1,4 mln atrofidagi migrantlarga taalluqli bölib, ular immigratsiya sudi qaroriga köra deportatsiya qilinişi kerak.









