Belgiya Ukrainaga törtta F-16 qiruvçi samolyotini topşiradi. Ulardan ikkitasi joriy yilda, yana ikkitasi esa keyingi yilda mamlakatga ehtiyot qismlar uçun yetib keladi. Bu haqda Belgiya boş vaziri Bart de Vever 8 aprel, seşanba kuni Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan qöşma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Siyosatçining aytişiça, uning mamlakati Kiyevga yangi F-35 qiruvçi samolyotlarini olişi bilan yana ham köproq F-16 samolyotlari yetkazib beradi. «Biz Ukraina uçun F-16 samolyotlarining eng yirik yetkazib beruvçisi bölişga va’da bergan edik va albatta öz sözimizda turamiz», — deya de Vever sözlaridan iqtibos keltiradi Ukraina OAV.
Bundan taşqari, Bart de Vever Ukrainaga 1 milliard yevro ajratişga va’da berdi. Uning sözlariga köra, bu pullar qurol sotib oliş va Ukraina harbiy-sanoat kompleksini mustahkamlaşga sarflanadi.
Volodimir Zelenskiy, öz navbatida, "Ramştayn" formatidagi navbatdagi uçraşuv Bryusselda bölib ötişini ma’lum qildi. Britaniyaning NATOdagi delegatsiyasi avval ham xuddi şu haqda gapirgan edi. 11 aprel kuni bölib ötadigan uçraşuvda ular Ukrainaga kelgusida yordam körsatiş bilan boğliq masalalarni muhokama qilişni rejalaştirmoqda. Bir kun avval, 10 aprelda «Xohlovçilar koalitsiyasi» yiğilişi bölib ötadi, unda mamlakatga xorijiy tinçlikparvar kontingentni kiritiş masalasi muhokama qilinadi.









