2022 yilning fevralida Rossiyaning keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan 2025 yilning oxirigaça Ukrainada kamida 12 910 tinç aholi halok böldi. BMT tomonidan tasdiqlangan uruş qurbonlari orasida 682 nafar bola bor, dedi BMTning Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi rahbari Tom Fletçer 8 aprel, seşanba kuni Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik kengaşida.

Rossiya Federatsiyasi va Ukraina örtasidagi uç yildan ortiq davom etayotgan keng kölamli uruşda deyarli 30,7 ming kişi jarohat oldi, deya ta’kidladi u BMTning Inson huquqlari böyiça boşqarmasi ma’lumotlariga tayanib. Fletçerning ta’kidlaşiça, halok bölganlar va yaralanganlarning haqiqiy soni bundan ham köproq bölişi mumkin.

BMT vakili, şuningdek, Ukraina va dunyodagi boşqa harbiy mojarolarda xalqaro huquq buzilayotganini eslatdi. "Bu ziddiyatlarni bir-biriga boğlaydigan qizil ip", dedi u.

Ukraina fuqarolarining sönggi ommaviy halok bölişi 4 aprel kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning tuğilib ösgan şahri Kriviy Rigga raketa uçirilişi tufayli yuz berdi. Oqibatda 20 kişi, jumladan, töqqiz nafar bola halok böldi, 70 dan ortiq tinç aholi jarohatlandi. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Rossiya armiyasining Kriviy Rigga hujumini Ukrainadagi butun uruşda bolalarning eng dahşatli ommaviy öldirilişi deb atadi.