OpenAI kompaniyasi Özbekistonda elektron xizmat körsatuvçi xorijiy kompaniya sifatida röyxatdan ötdi. Bu haqda Yirik soliq tölovçilar böyiça hududlararo soliq inspeksiyasi xabar berdi.
«ChatGPT (Chat generative pre-trained transformer) sun’iy intellekt çatboti va DALL-E raqamli tasvirlarni yaratiş modeli işlab çiqaruvçisi Amerikaning OpenAI kompaniyasi Özbekistonda QQS soliq tölovçisi sifatida röyxatdan ötdi”, deyiladi inspeksiya xabarida.
Ayni paytda ÇatGPT’ning özbekistonliklar uçun 3 xil versiyasi mavjud: bepul, 20 dollarlik Plus va 200 dollarlik Pro. Kompaniyaning rasmiy soliq tölovçi sifatida işlaşni boşlaşi narxlarga qanday ta’sir qilişi hozirça noma’lum.
Ma’lumot uçun, Özbekistonda röyxatdan ötgan xorijiy internet-kompaniyalari soni 67 taga yetdi. 2025 yil boşidan beri jami 7 ta kompaniya soliq tölovçisi sifatida röyxatdan ötgan.









