Isroil Oliy sudi (BAGATs) Ronen Barning Boş xavfsizlik xizmati (ŞABAK) direktori lavozimidan ketişini blokladi. 8 aprel, seşanba kuni keçqurun sud tomonidan çiqarilgan vaqtinçalik qarorga köra, Bar hukumat tomonidan uning işdan böşatilişi yuzasidan berilgan arizalar böyiça yakuniy qaror qabul qilinmagunça öz lavozimida qolişi kerak.

Ungaça hukumat Ronen Barning potensial vorislari bilan muzokaralarni davom ettirişi mumkin, biroq ŞABAK rahbarini doimiy yoki vaqtinça tayinlay olmaydi.

Raislik qiluvçi sudya Itsxak Amit hukumat va boş prokurorni Fisih bayrami tugaguniga qadar (ya’ni 20 aprelgaça) «vaziyatga ijodiy yondaşiş» va murosaga kelişga çaqirdi. Boş vazir Binyamin Netanyahu bu qarorni ğalati deb atadi.

Netanyahu 21 mart kuni Ronen Barni Isroil razvedkasi boşliği lavozimidan böşatdi va bunga sabab sifatida Barga «işonç yöqligi»ni keltirdi. Vazirlar Mahkamasi mazkur qarorni bir ovozdan ma’qulladi.