SSP xabar berişiça, uçraşuvda ikki mamlakat örtasida soğliqni saqlaş sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, ayniqsa, farmatsevtika va stomatologiya yönalişlarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Afğoniston tomoni afğon yoşlarini özbekistonlik mutaxassislar tomonidan Termiz şahrida stomatologiya yönalişi böyiça öqitişni, şuningdek, xalqaro “Termiz savdo markazi” hududida Afğonistondan keladigan fuqarolarga tibbiy xizmat körsatiş maqsadida 20 ga yaqin stomatologiya klinikasi filiallarini oçişni taklif qildi.

Farmatsevtika sohasidagi hamkorlik böyiça esa dolzarb masalalar körib çiqildi. Tadbirkorlar tomonidan Afğonistonda dori-darmon vositalarini röyxatdan ötkaziş muddati olti oydan bir oyga qisqartirilişi, şuningdek, bir marta import qilişga ruxsat beriş tartibi joriy etiş takliflari ilgari surildi. Afğoniston soğliqni saqlaş vaziri uşbu taşabbuslarni qöllab-quvvatladi.

Uşbu şaroitlar, mahsulot sifati va raqobatbardoş narxlar bilan birgalikda, Özbekiston farmatsevtika kompaniyalari uçun Afğoniston bozoridagi ulkan salohiyatni röyobga çiqariş imkonini yaratadi. 2025 yil oxirigaça eksport hajmini 50 mln dollardan oşirişga barça asoslar mavjud.