Toşkent şahrida ota hali 1 yoşga tölmagan farzandining 18 yoşga tölgunga qadar ta’minoti uçun alimentni oldindan tölab berdi. Bu haqda Kun.uz’ga Majburiy ijro byurosi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, MIBning Yaşnobod tuman bölimiga mazkur işning ijro hujjati kelib tuşgan. Davlat ijroçilarning ota bilan suhbatlari natijasida u hali 1 yoşga ham tölmagan farzandi uçun voyaga yetgunga qadar alimentni tölaş niyatini bildirgan.
Şundan söng aliment pullari otaga hisoblab berilgan. Farzand ta’minoti uçun 18 yoşga tölgunça berilişi kerak bölgan summa esa 1 mlrd 780 mln sömni taşklil qilgan. Erkak bu summani oldindan tölab bergani sababli ijro hujjati amalda tamomlangan.
Avvalroq Toşkent viloyatida ayol 3 nafar farzandi ta’minoti uçun sobiq eriga 1,7 mlrd söm tölab bergani haqida xabar berilgandi.








