Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda o‘z xonasida giyohvand modda iste’mol qilgan amaldor ishdan olindi
Andijon shahri Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i hamda uning o‘rinbosari bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotgani bildirildi.
Foto: Videodan kadr
Andijon shahri Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i ishdan olindi. Bu haqda Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bo‘lim boshlig‘i D.U. hamda uning o‘rinbosari S.B. bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i ekani aytilgan shaxs ish vaqtida xizmat xonasida giyohvand modda iste’mol qilayotgani aks etgan suratlar tarqaldi. Suratlarda bir kishi baklajkani yarim kesgan holda banka ustiga qo‘yib, undan chiqqan tutunni tortayotgani aks etgan.
IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning ma’lum qilishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri jarayonida fuqarodan jami 0,69 gr gashish giyohvand moddasi olingan. Holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
08:53
Chegara hududida qariyb 55 kilogramm giyohvand modda musodara qilindi
22:05 / 12.04.2026
“Endi bu yerda boshqa harakat qila olmayman”. Babayan "Andijon" bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qildi
22:14 / 11.04.2026
Qashqadaryo va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sotib kelgan shaxslar ushlandi
16:09 / 31.03.2026