10 aprel kuni soat 07:30 da Toşkent şahar Çilonzor tumani Furqat köçasida elektromobil yonayotgani töğrisida Toşkent şahar FVBga xabar tuşgan.
Şunga köra, yonğin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 07:35 da yetib borib, yonğin soat 08:28 da öçirildi.
Aytilgan manzilda elektomobilning akkumulyator qismida yonğin kelib çiqqanligi aniqlangan.
Yonğin oqibatida halok bölgan va jabrlanganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
"Hurmatli fuqarolar, barça elektromobillarning batareyalari özida juda katta miqdorda energiyani saqlaşi sababli, xalqaro tajribaga muvofiq yonğin çiqqan akkumulyator içidagi elektr quvvati töliq tugagunga qadar akkumulyatorni sovitiş işlari amalga oşiriladi, şu sababli yonğinni öçiriş usuli boşqa oddiy yonilğida yuruvçi avtomobillardan farq qiladi", deyiladi FVV xabarida.









