Vazirlar Mahkamasining “Respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining inson resurslarini boşqariş böyiça faoliyatini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş bölinmalari töğrisidagi hamda hokimliklarining Taşkiliy-kadrlar guruhi töğrisidagi namunaviy nizomlar tasdiqlandi.

Şuningdek, inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş bölinmalarining rahbarlarini attestatsiyadan ötkaziş tartibi belgilandi. 

Unga köra, 3 oylik muddatda davlat organlari va taşkilotlarining inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş bölinmalari (şu jumladan, hokimliklarning taşkiliy-kadrlar guruhlari) rahbarlari attestatsiyadan ötkaziladi.

Qarorga asosan joriy yilning may oyidan boşlab, respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining inson resurslarini boşqariş böyiça faoliyati Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi tomonidan hrm.argos.uz elektron platformasi orqali baholab boriladi.