Gagauziya muxtoriyati rahbari Yevgeniya Gutsul tergov hibsxonasidan uy qamoğiga ötkazildi. 9 aprel, çorşanba kuni Kişinyov sudi prokurorlarning tergov izolyatorida hibsga oliş muddatini 30 kunga uzaytiriş haqidagi iltimosini rad etdi va ehtiyot çorasini özgartirişga qaror qildi.

Şu bilan birga, u rossiyaparast siyosatçini xuddi şu muddatga — 30 kunga uy qamoğiga jönatdi, deb xabar beradi Moldovaning NewsMaker.md naşri. Moldova Liber portali uy qamoğining boşqa muddatini keltirmoqda — 20 kun.

Gagauziya rahbarining advokati Natalya Bayram töliq ozod etiş talabi bilan apellyatsiya şikoyati bermoqçi. «Biz bu profilaktik çorani asossiz va haddan taşqari qattiq deb hisoblaymiz», dedi u RIA "Novosti" agentligiga bergan intervyusida.

Yevgeniya Gutsul saylov fondlarini boşqariş tartibini buziş va hujjatlarni qalbakilaştiriş böyiça tergov doirasida 28 martdan beri hibsda saqlanmoqda. U 25 mart kuni keçqurun Kişinyov aeroportida 72 soatga hibsga olingan. Tergov ma’lumotlariga köra, Gutsul 2019—2022 yillarda hozirda Moldovada taqiqlangan rossiyaparast «Şor» partiyasida kotib bölib işlagan vaqtida Rossiyadan uyuşgan jinoiy guruhdan olingan pullarni tizimli ravişda mamlakatga olib kirgan.