Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 aprel kuni Jahon banki guruhining operatsiyalar böyiça boşqaruvçi direktori Anna Berde boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Özbekistonning Jahon banki bilan keng kölamli strategik hamkorligini yanada rivojlantiriş, eng avvalo, uşbu global moliyaviy institut tomonidan mamlakatimizda amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlar strategiyasini qöllab-quvvatlaş masalalari körib çiqildi.
Sönggi yillarda şeriklik munosabatlari yuksak darajaga çiqib, salmoqli natijalar berayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ta’kidlanişiça, bugungi kunda Özbekiston bankning eng yirik hamkorlaridan biridir. Loyihalar portfeli 12 milliard dollardan oşdi. Jahon banki iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy sohaning barqaror rivojini ta’minlaşga qaratilgan islohotlarni amalga oşirişda moliyaviy, konsultativ va texnik kömak körsatmoqda.
Bank kömagida xalqaro moliya institutlari iştirokidagi loyihalar mexanizmi takomillaştirildi, ularni tayyorlaşni tezlaştiriş va sifatini oşiriş böyiça yangi tartib qabul qilindi.
Kambağallikka qarşi kuraşiş, eng avvalo, turizm sohasida xotin-qizlar va yoşlar uçun iş örinlari yaratiş, xususiy sektorni va davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş dasturlarini qöllab-quvvatlaş, davlat korxonalarini transformatsiya qiliş va xususiylaştiriş kabi yönalişlar kelgusi amaliy şeriklikning ustuvor yönalişlari sifatida qayd etildi.
Uglerod çiqindilarini qisqartiriş, urbanizatsiya va infratuzilmani modernizatsiya qiliş, energiya samaradorligini oşiriş, investitsiya muhitini yaxşilaş, mamlakatimizning JSTga a’zo bölişiga kömaklaşiş borasidagi hamkorlik rejalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yirik mintaqaviy loyihalarni ilgari suriş masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.









