2 aprel kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp 180 mamlakat uçun savdo bojlari joriy etdi. 9 apreldan ularning barçasi kuçga kirdi. Bojlar 10 foizdan 50 foizgaça va AQŞning har bir alohida mamlakat bilan savdo balansiga asoslab hisoblangan. Bu, garçi Amerika rasmiylari buni istamasa ham, amalda savdo uruşi e’lon qilişdir – ular qulay savdo şaroitlariga erişiş uçun boşqa mamlakatlarga bosim ötkazmoqçi. Şunga qaramay, bojlar butun dunyo böylab bozorlar uçun şok holatini keltirib çiqardi: dollar arzonlaşdi, kriptovalutalar ham, aksiyalar ham. Bundan butun dunyodagi investorlar, jumladan, eng badavlat amerikaliklar ham jabr körişdi. Qator moliyaçilar va tadbirkorlar AQŞ prezidentini tanqid qilmoqda. «Meduza» ularning bojlar haqidagi fikrlarini jamladi.

Jurnalistlarning hisob-kitoblariga köra, bojlar e’lon qilinganidan söng dunyoning eng boy 10 kişisi 170 milliard dollardan ortiq mablağ yöqotgan. Bu Trampning öziga ham ta’sir qildi (uning boyligi 500 millionga kamaydi), ammo sönggi voqealar uning asosiy homiysi va maslahatçisi, milliarder Ilon Mask (uning yöqotişlari deyarli töqqiz milliardga baholanmoqda) uçun ança oğriqli keçmoqda. Maskning bojlarga qarşi çiqqani ajablanarli emas. U Yevropa va AQŞ örtasida nol foizlik bojlar bölişi kerakligini ta’kidlamoqda. Bundan taşqari, The Washington Post naşri yozişiça, tadbirkor Trampni bojlar böyiça pozitsiyani yumşatişga köndirişga uringan, biroq bunga erişa olmagan.

Mask prezidentni jamoatçilik oldida tanqid qilmadi, lekin X ijtimoiy tarmoğida uning savdo siyosati böyiça maslahatçisi, boj siyosatining me’mori hisoblangan Piter Navarroga nisbatan haqoratli bir neçta post joylaştirdi. Navarro Maskning hafsalasi pir bölganini tuşunişi mumkinligi, çunki u «arzon xorijiy ehtiyot qismlarga muhtoj bölgan» «avtomobil yiğuvçisi» hisoblanişini aytdi. Bunga javoban Mask Navarroni ahmoq deb atadi va Tesla AQŞdagi avtomobil işlab çiqaruvçilar orasida Amerika ehtiyot qismlari uluşi böyiça yetakçi ekanini bildirdi.