Yevrokomissiya Ukrainaga makromoliyaviy yordam (MFA) doirasida yana 1 milliard yevrolik tranş töladi. Uşbu tölovni hisobga olgan holda Yevropaning Ukrainaga makromoliyaviy yordami umumiy hajmi 5 milliard yevroga yetdi, deb xabar qildi Bryusseldagi idora 9 aprel, çorşanba kuni.

«Bu Ukrainaga frontda va tiklaniş çoralarini, jumladan, energetika, suv va transport tizimlari kabi muhim infratuzilmani ta’mirlaşda yordam beradi», deya ma’lum qilindi Bryusselda. TIVning qolgan mablağlari Yevropa komissiyasi tomonidan Ukraina ehtiyojlariga muvofiq taqdim etiladi, bu haqda Yevropa Ittifoqi yetakçilari mart oyida bölib ötgan sammitda e’lon qilgan edi.

Bundan taşqari, YeI Ukraina infratuzilmasini tiklaş va modernizatsiya qilişda qöllab-quvvatlaş kengaytirilganini e’lon qildi. Yevropa-Ukraina assotsiatsiyasi kengaşi yiğilişida tomonlar Ukrainada suv ta’minoti, markazlaştirilgan issiqlik ta’minoti va boşqa infratuzilmani tiklaş uçun Yevropa investitsiya banki kreditlari böyiça kelişuvlarni imzoladi. Yevrokomissiya ma’lumotlariga köra, bu kreditlar jami 300 million yevroni taşkil etadi.

Bundan taşqari, Ukrainaning Yevropa Ittifoqi kosmik dasturining bir qança sektorlarida, jumladan Coperrnicus Yerni kuzatiş dasturida iştirok etişi töğrisida kelişuv imzolandi. «Biz Ukrainaga har qaçongidan ham sodiqmiz. Biz mamlakatni mustahkamlaş va Ukraina şartlariga köra adolatli va mustahkam tinçlikni qöllab-quvvatlaş uçun işlamoqdamiz. Bugungi tölovlar va kelişuvlar ham umumiy kelajagimizga sarmoyadir», — dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen .