Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy jurnalistlar bilan uçraşuvda bayonot berdi, deb xabar bermoqda RBK-Ukraina.
Zelenskiyning fikriça, Ukraina AQŞning avvalgi prezidenti Jo Bayden tomonidan ma’qullangan harbiy yordam paketini töliq işlatib bölmagan.
«Bayden davridagi yordam haqida. Aniq muddatlarni eslay olmayman, rostini aytsam. Menimça, yordam doimiy ravişda belgilangan biror muddatga boğlanmasdan kelayotgandi. Şuning uçun buni vaqt bilan boğlaşga zaruriyat yöq edi. Bu yerda mablağ miqdori muhim. U töliq işlatildimi? Yöq. Biz hanuz tayanadigan resurslar bor», — dedi Zelenskiy.
Şu bilan birga, u Ukraina Amerika tomoniga qöşimça yordam paketi uçun rasmiy sörov yuborganini ma’lum qildi. Ukraina uşbu paketni xarid qilişni xohlaydi.
«Biz Amerika tomoniga yirik bir paketni taqdim etdik — biz uni sotib olmoqçimiz. Qanday şaklda bölmasin. Unga tölovni qanday oşirişimiz bizning format, özimiz hal qilamiz», — dedi prezident.
Zelenskiyning ta’kidlaşiça, AQŞdan kutilgan kelgusi harbiy yordam paketini Ukraina bepul söramagan.
«Biz buni xavfsizlik kafolati sifatida ham köramiz. Biz bu yordamni xavfsizlik kelişuviga boğlaşni xohlaymiz. Juda oddiy: bizga paket beringlar — biz tölaymiz. Bu paketda HHH tizimlari va bizga zarur bölgan boşqa vositalar bor. Biz uşbu yordamni xavfsizlik kafolati deb hisoblaymiz. Bu narsalar bir-biriga şu tarzda boğliq», — dedi u.
Davlat rahbari ma’lum qilişiça, u AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan havo hujumidan himoya vositalari töğrisida gaplaşgan va undan 10 mlrd dollarlik mudofaa vositalarini sotişni söragan.
«Men unga telefon orqali şunday dedim: heç bölmasa 10 mlrd dollarlik paket bering. Bu himoya — uruş tugaganidan keyingi yordamdir, xavfsizlik kafolatidir, çunki Ukraina osmon HHH tizimlari bilan yopilgan böladi. Biz turli formatlarga, turli vositalarga tayyormiz. Biz 30, hatto 50 milliard dollar topişga ham tayyormiz», — deb ta’kidladi Zelenskiy.









