Finlandiyaning CREA tahlil markazi ma’lumotlariga köra, bunday flot ayni damda Rossiyadan eksport qilinayotgan neftning uçdan ikki qismini taşiydi.

Reuters agentligi tanişgan qonun loyihasi matniga köra, AQŞ hukumati Moliya vazirligi «qora röyxat»ga kiritgan tankerlardagi neftini musodara qiliş huquqiga ega böladi. Bunday holatda musodara qilingan neft sotiladi va tuşgan mablağ AQŞ davlat qarzini qoplaşga yönaltiriladi.

Sanksiyalarga rioya etilişini nazorat qiliş maqsadida loyiha mualliflari Moliya vazirligi qoşida 150 mln dollarlik budjetga ega bölgan Russian Sanctions Enforcement Fund jamğarmasini taşkil etişni taklif etmoqda.

Respublikaçi senator Joni Ernstning ta’kidlaşiça, qonun loyihasi josuslik ma’lumotlari almaşinuvini kengaytiradi hamda huquqni muhofaza qiliş organlariga noqonuniy neft savdosi tarmoqlariga qarşi kuraşiş uçun instrumentlar taqdim etadi.

«Uşbu qonun loyihasi Moskva tomonidan AQŞ qonunlarini zaiflaştirişga qaratilgan yovuz urinişlarni bartaraf etibgina qolmay, mamlakatimiz uçun musodara qilingan aktivlardan foydalaniş imkonini ham yaratadi», — dedi Ernst.

2024 yil yanvar oyi oxirida AQŞ sanksiyalari doirasida turli çeklovlar, jumladan, G7 mamlakatlari joriy qilgan berreliga 60 dollarlik narx çegarasini çetlab ötgan holda Rossiya neftini taşiyotgan 200 ta tanker bölgan.

Jo Bayden ma’muriyati tomonidan uning prezidentlik muddati yakunlanişidan oldin joriy etilgan eng yirik sanksiya töplamida bir zumda 180 ta kema «qora röyxat»ga kiritilgan. S&P Global ma’lumotlariga köra, ular Rossiyaning dengiz orqali neft eksportining yarmini (kuniga taxminan 1,5 mln barrel) amalga oşirgan.

Şu tankerlardan biri — Panama bayroği ostida harakatlangan Eventin mart oyi oxirida Germaniyaning dengiz xizmatlari tomonidan nazoratga olingan. Bortdagi 100 ming tonna atrofidagi neft yuki musodara qilingan.