Bu tizim AQŞ Dengiz flotining Coastal Trident (ANTX-CT) öquv maşğulotlari doirasida muvaffaqiyatli sinovdan ötkazildi.

Leonidas H2O tizimi yuqori energiyali mikrotölqin texnologiyalariga asoslangan Leonidas platformasining kengroq miqyosdagi versiyasidir. Sinovlar natijasiga köra, qurol 40 dan 90 ot kuçigaça bölgan dengiz dvigatellarini ança uzoq masofada, hatto yarim quvvatda işlayotgan holatda ham samarali tarzda işdan çiqara olgan.

Epirus boş direktori Endi Lourining ta’kidlaşiça, Pentagon an’anaviy bölmagan vositalar orqali dengiz kemalarini töxtatiş texnologiyalarini işlab çiqişga önlab mln dollar sarflagan, ammo hanuzgaça amalda foydalanilayotgan birorta tizimni joriy etmagan. Leonidas H2O aynan şu böşliqni töldiradi — u dengiz va havo hududlarini himoya qiliş uçun amalda sinovdan ötgan yeçimni taqdim etadi.

Tizim Leonidas LRAM kuçaytiruvçi modullariga asoslangan qattiq modulli arxitekturaga ega bölib, yuqori işonç va mukammal işlaş barqarorligini ta’minlaydi. Epirus HPM texnologiyasi töğri boşqarilganda, öq-dorilar, yonilği va şaxsiy tarkib uçun xavfsiz hisoblanadi.

Leonidas qurollari butun dron roisini yöq qiliş, bir vaqtda bir neçta nişon guruhlariga qarşi kuraşiş qobiliyatiga ega. Bu esa ularni harbiy obektlar va strategik ahamiyatga ega hududlarni himoya qilişda juda samarali vositaga aylantiradi.