2025 yil 11 aprel kuni soat 05:30 larda «Namangan« YPX maskanida YHXX «Qamçiq» dovoni böyiça YPX otryadi xodimlari tomonidan «Vodiy-Toşkent« yönalişida harakatlanib kelgan haydovçi A.M. boşqaruvidagi Lacetti töxtatilib tekşirildi. YHXX axborot xizmatining ma’lum qilişiça, tekşiruvda transport vositasining saloni va yukxonasida jami 360 ta iPhone 16 Pro Max telefon qurilmalari olib ketilayotgani, uşbu qurilmalarga oid tegişli hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan.

«Holat yuzasidan örnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylaştirilib, qurilmalar hamda fuqaro A.M. Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Namangan viloyati Pop tumani bölimi xodimlariga suriştiruv işlarini davom ettiriş uçun topşirildi», deyiladi YHXX xabarida.

Ma’lumot uçun, ayni kunlarda iPhone 16 Pro Max telefonlarining eng arzon komplektatsiyasi 1200 dollardan boşlanadi. YHXX xodimlari qölga olgan qurilmalarning umumiy bozor narxi 430 ming dollardan oşadi.