Nyu-Yorkda yölovçi vertolyotining Gudzon daryosiga qulaşi oqibatida kamida olti kişi halok böldi. Hodisa 10 aprel, payşanba kuni tuşdan keyin sodir bölgan.

OAVning xabar berişiça, halokat şahar markazi yaqinida, 40-pirs yonida sodir bölgan. Nyu-York politsiya departamenti ma’lumotlariga köra, vertolyot bortida olti kişi bölgan: uçuvçi, ikki katta yoşli yölovçi va uç nafar bola. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga köra, yölovçilar Ispaniyadan kelgan sayyohlar oilasi bölgan.

Vertolyotda Siemens Spain direktori Augustin Eskobar, rafiqasi va uç qizi bögani aytilmoqda.

Nyu-York meri Erik Adamsning sözlariga köra, kema bortidagilarning barçasi halok bölgan deb e’lon qilingan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari vertolyotning Gudzon daryosiga qulagani aks etgan videoni joylaştirdi.

Yana bir videoda havo kemasi halokatga uçragan payti tasvirlangan. Vertolyot «tartibsiz» uçgan, deb qayd etadi Breaking News yangiliklar agregatori.

FlightRadar ma’lumotlariga köra, vertolyot halokatdan oldin 15 daqiqa havoda bölgan. FlightRadar tahlilçilarining ta’kidlaşiça, u Manhetten markazidagi vertolyot maydonçasidan parvoz qilgan.