Joriy yilning 10 aprel kuni imzolangan farmon bilan prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar vaziriga quyidagi rag‘batlantirish choralarini qo‘llash huquqlari berildi:

🔹probatsiyani amalga oshirishga ko‘maklashgan davlat organlarining, muassasalarining va tashkilotlarining xodimlarini, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarni hamda fuqarolarni rag‘batlantirish;
🔹jamoat xavfsizligini ta’minlashda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan ichki ishlar organlari xodimlarini lavozim maoshining 1 baravarigacha bo‘lgan miqdorda bir martalik mukofot bilan rag‘batlantirish.