Raqobat qömitasi “Zamin Great City” quriliş kompaniyasiga nisbatan iş qözğatdi, deya xabar bermoqda qömita matbuot xizmati.
Ma’lum qilinişiça, Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasiga fuqaro tomonidan “Zamin Great City” MÇJ bilan tuzilgan şartnoma yuzasidan murojaat kelib tuşgan.
Unga köra, Toşkent şahri Bektemir tumanidagi köp qavatli turar joydan 39,47 kv m maydonga ega 2 xonali xonadonni sotib oliş uçun 252 608 000 söm tölov amalga oşirilgan. Şartnoma böyiça quriliş muddati 2024 yil 4 çorak etib belgilangan bölişiga qaramay, hanuzgaça uy topşirilmagani va quriliş işlari töxtab qolgani aniqlangan.
“Özbekiston Respublikasi “Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonuni 19-moddasiga muvofiq iste’molçi belgilangan muddatda uy topşirilmagan taqdirda şartnomadan voz keçiş, yetkazilgan zararni qoplaş va tölangan mablağni qaytariş huquqiga ega. Şuningdek, ijroçi quriliş muddatini buzgani uçun qonunçilikda nazarda tutilgan penya va boşqa majburiyatlarni bajarişi şart.
Yuqoridagilardan kelib çiqib Raqobat qömitasi Maxsus komissiyasi tomonidan “Zamin Great City” MÇJga nisbatan iş qözğatildi. Quriliş muddatlariga amal qiliş, iste’molçilarning qonuniy huquqlarini himoya qiliş va ularning moddiy manfaatlarini tiklaş böyiça çora-tadbirlar belgilandi”, - deyiladi rasmiy xabarda.
Qömita ma’lumotlariga köra, 2024 yilda qurilişda iste’molçilar huquqlari buzilişi masalasi böyiça 1640 ta, 2025 yil ötgan davri mobaynida 234 ta murojaat kelib tuşgan bölib, körib çiqiş natijasida jami 16,2 mlrd söm mablağ qayta hisob-kitob qilingan.
Raqobat qömitasi iste’molçilarni quriliş şartnomalarini imzolaşda ehtiyotkor bölişga, quriliş kompaniyalarini esa şartnomaviy majburiyatlariga qat’iy rioya qilişga çaqirgan.









