10 aprel kuni, AQŞ önlab mamlakatlardan tovar importidan qöşimça bojxona tölovlarini yiğişni boşlaşi kerak bölganidan bir neça soat ötib, Donald Tramp savdo siyosatida yana bir keskin buriliş yasadi – va tariflar oşirilişini 90 kunga muzlatib qöydi. Böysunmas Xitoy bundan mustasno bölib, u uçun stavka yana bir bor oşdi – şundoq ham haddan taşqari darajada bölgan 104 foizdan 145 foizgaça. Şunga qaramay, investorlar Trampning murosaga kelişga tayyorligidan xursand bölişdi va sönggi haftadagi «ayiq» trendi bir zumda fond indekslarining rekord darajadagi ösişi bilan almaşdi. Trampni öz qarorini qaytib olişga nima majbur qildi? Va uç oydan keyin savdo uruşi qaytadan boşlanişini kutiş kerakmi? Vaşington va Pekin örtasidagi tiraşuv dunyoga qanday ta’sir qiladi? «Meduza» şu savollarga javob izladi.

Tramp nega tanaffus qildi?

AQŞ prezidenti moliya bozorlarining mamlakatning barça asosiy savdo hamkorlariga qarşi tarif tölqinlariga reaksiyasini payqamay qolmagani aniq. Birjalar mojaro kuçayişining har bir yangi bosqiçida şiddat bilan quladi; hatto respublikaçining nufuzli partiyadoşlari va Uoll-stritning oğir vaznli vakillari – masalan, JPMorgan Chase boş direktori Jyeymi Daymon ham tanqidiy çiqiş qildi.

Amalda Vaşington uçun asosiy ogohlantiriş signali, katta ehtimol bilan, AQŞ davlat obligatsiyalari bozoridagi muammolar bölgan. AQŞ davlat qarzini moliyalaştirişning asosiy vositasi bölgan qimmatli qoğozlarning daromadliligi – butun qimmatli qoğozlar bozorining qulaşi bilan birga yuqoriga kötarila boşladi. Kelajakda bu tobora köproq investorlarni davlat obligatsiyalarini sotib yuborişga undaşi mumkin. Bunday aktivlarning eng yirik egalari esa tariflardan «ranjigan» Yaponiya va Xitoy davlatlaridir. Amerika prezidenti esa aynan davlat qarzi yukini yengillaştirişni öz siyosatining strategik vazifalaridan biri sifatida belgilagandi.

Şu bilan birga, Tramp yönalişni notöğri olganini tan olmadi va faqat davlat obligatsiyalari bozorini kuzatayotgani hamda «ba’zida moslaşuvçan bölişga töğri kelişi»ni ta’kidladi. The Wall Street Journal öz manbalariga tayanib yozişiça, AQŞ moliya vaziri Skott Bessent sönggi lahzada prezidentni «moslaşuvçan böliş lozimligi»ga işontirgan bölişi mumkin. Naşr suhbatdoşlarining sözlariga köra, aynan u investorlar şikoyatlarining asosiy manzili bölgan va sahna ortida turib bu boradagi siyosatni yumşatişni lobbi qilgan. Endi uşbu rasmiy Trampga özining haqligini isbotlaşi va yaqin kelajakda savdo hamkorlari bilan Amerika eksporti uçun yanada qulay şartlar böyiça kelişib olişi kerak böladi.