Estoniya mudofaa kuçlari Rossiyaga ketayotgan Kiwala tankerini qölga oldi. Bu haqda 11 aprel, juma kuni bölib ötgan matbuot anjumanida mamlakat harbiy-dengiz kuçlari qömondoni Ivo Vyark ma’lum qildi, deb yozadi Estoniyaning Postimees naşri. Vyarkning aytişiça, qölga olişdan maqsad kemaning hujjatlari va huquqiy holatini tekşiriş. Marinetraffic xizmati ma’lumotlariga köra, u Jibuti bayroği ostida suzib yurgan.
Qayd etilişiça, qölga olingan tanker Ust-Luga portiga ketayotgan bölib, u xom neftni taşiş uçun möljallangan. Postimees naşrining yozişiça, uning yonida Estoniya harbiy-dengiz floti kemalari navbatçilik qilmoqda. Kema Boltiq dengizidagi Aegna oroli yaqinida langar taşlagan.
Politsiya va çegarani qöriqlaş boşqarmasi boşliği Veyko Kommusaar, öz navbatida, tanker sanksiyalar ostida ekanini, Jibuti vakili esa uning reyestrida yöqligini ma’lum qilganini aytdi. Şuningdek, mulkdor haqida heç qanday ma’lumot yöq.
Ukrainaning War Sanctions portali Kiwala Buyuk Britaniya, Kanada, Yevropa Ittifoqi va Şveytsariyaning sanksiyalari ostida ekanini ta’kidlaydi. Şu bilan birga, u Rossiya nefti va neft mahsulotlarini uçinçi davlatlarga taşiydi hamda War Sanctions ma’lumotlariga köra, Moskva Ukrainada uruş boşlanişi munosabati bilan unga qarşi joriy qilingan sanksiyalarni çetlab ötiş uçun foydalanadigan «soyadagi flot»ga tegişli bölişi mumkin.
Estoniya taşqi işlar vaziri Margus Tsaxkna ham Kiwala'ni «soyadagi flot» kemasi deb atadi. «Biz öz xavfsizligimiz va atrof-muhitni muhofaza qiliş maqsadida muvofiqlaştirilgan va maqsadli harakat qilamiz va şubha tuğilsa, Estoniya iqtisodiy zonasi orqali ötayotgan kemalarni tekşiriş huquqidan foydalanamiz», — deya Tsakxna sözlarini keltiradi ERR.ee.









