Amerikaning Meta texnologiya kompaniyasi Instagram platformasida «ösmirlar akkaunti»ga oid yangi qoidalarni e’lon qildi. Bu haqda Engadget xabar berdi.
Jumladan, 16 yoşdan kiçik foydalanuvçilar ota-ona ruxsatisiz «jonli efir» funksiyasidan foydalana olmaydi yoki şaxsiy xabarlarda avtomatik xiralaştiriş funksiyasini öçira olmaydi. Bunday çeklovlar Facebook va Messenger uçun ham joriy qilinadi.
Keyingi oylarda innovatsiyalar AQŞ, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliyada sinovdan ötkaziladi.
Instagram 2024 yil sentabrida bolalar va ösmirlarning platformadan foydalanişini çeklovçi hamda xavfsizlik çoralarini öz içiga oluvçi «Teen Accouns» ilovasini taqdim etgan edi.
2024 yil yanvar oyida AQŞ Senatidagi tinglovlar çoğida Meta (Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiladi) korporatsiyasi rahbari Mark Tsukerberg ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş oqibatida halok bölgan yoki jabrlangan bolalarning oilalaridan keçirim söradi.
Tinglov internetda bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qiliş muammolari, kiberbulling, giyohvand moddalar haqidagi materiallar, otişma va öz joniga qasd qiliş usullari va boşqa köplab masalalarga bağişlandi.
Tsukerberg bunday holatlarning oldini oliş uçun platformaga köplab sarmoya kiritilişiga va’da berdi.









