Ukraina heç qaçon bir tomonlama Rossiyaga törtta hudud – Xerson, Zaporijjya, Luhansk va Donetskning töliq egalik huquqini berişga rozi bölmaydi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Trampga uning Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili Kit Kellog ma’lum qildi, deb yozadi Reuters 11 aprel, juma kuni. Bu bilan, Politico naşriga köra, tinçlik muzokaralaridan amalda çetlaştirilgan Kellog Trampning Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Stiven Uitkoff pozitsiyasiga qarşi çiqdi. 11 aprel kuni u Sankt-Peterburgga keldi va u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşdi.

Uitkoffning fikriça, Ukrainada öt oçişni töxtatişning eng tezkor yöli Rossiyaga Ukrainaning törtta hududiga egalik qiliş strategiyasini qöllab-quvvatlaşdir, dedi AQŞning ikki rasmiysi va masaladan xabardor yana beş kişi Reuters agentligiga.

Tramp bilan uçraşuvda Kellog Uitkoffga qarşi çiqdi va Ukraina bir qator hududlar bilan boğliq ba’zi şartlar böyiça muzokaralar olib borişga tayyor bölsa-da, törtta hudud ustidan nazoratni Moskvaga topşirişga heç qaçon rozi bölmasligini aytdi.