Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.

Isroil Ğazoni butunlay yopmoqda

Isroil Ğazo sektori janubidagi Rafah şahrini bufer zonaga qöşişni rejalaştirmoqda. Haaretz naşri yozişiça, bu mintaqa 75 km kvadratni qamrab olib, Ğazoning qariyb beşdan bir qismini taşkil etadi.

Bu qaror amalga oşsa, Ğazo töliq Isroil nazoratidagi hududlar bilan öralgan, Misr bilan boğlanişdan uzilgan eksklavga aylanadi. Filadelfiya koridori va Morang marşruti oraliğida, uruşdan avval 200 mingga yaqin aholi yaşagan. Hozir bu hudud deyarli butunlay vayron va aholi qoçgan.

Isroil armiyasi janubda ham şimoldagi buza-buz taktikasini qöllayotgani taxmin qilinmoqda. Bu harakatlar 18 martda boşlangan yangi hujum fonida keçmoqda. Unda 1600 dan ortiq falastinlik halok böldi, 4000 nafardan köproği yaralandi, tinçlik va tutqunlar almaşinuvi böyiça kelişuv esa buzildi.

AQŞning ikkinçi aviataşuvçisi Yaqin Şarqqa yetdi

AQŞ Yaqin Şarqdagi harbiy hozirligini kuçaytirmoqda. AQŞ Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi ma’lumotiga köra, mintaqada ikkinçi aviataşuvçi kema — USS Carl Vinson faoliyat boşladi.

U endilikda USS Harry Truman bilan birgalikda Qizil dengizda husiyçilar pozitsiyalariga qariyb har kuni zarba bermoqda. Uşbu aviataşuvçi Eronning yadroviy dasturi böyiça muzokaralardan bor-yöği ikki kun avval akvatoriyaga kirdi — gap Ömonda AQŞ va Eron örtasida ötayotgan uçraşuvlar haqida bormoqda.

Tahlilçilarning fikriça, AQŞning harbiy faolligi mintaqada keskinlikni yanada oşiradi. Bu yangi töqnaşuvlar va diplomatik ziddiyatlar davrini boşlab berişi ham mumkin.

Tramp Rossiyani uruşni tugatişga çaqirdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi uruşni «dahşatli va bema’ni» deb atab, Rossiyani tinçlikka erişiş uçun harakat boşlaşga çaqirdi. Uning ta’kidlaşiça, u prezident bölganida bu uruş umuman boşlanmas edi.

Tahlilçilar Tramp ilk marta uruşni töxtatiş masalasida Ukrainani tilga olmaganini qayd etişmoqda.