«Bu yerga köp qirğizlar keladi», — deyiladi videoga ilova qilingan izohda.
«Insonlar işdan keyin dam oliş uçun hammomga kelgan edi. Ammo buğlaniş va çömiliş örniga — OMON bosqiniga duçor bölişdi. Baqir-çaqir, ur kaltak-sur kaltak, hammani yuztuban yerga yotqizişdi, hayvonlardek. Köpçiligining tanasida katta-katta kökarişlar, qora doğlar bor. Bu tekşiruv emas — bu qiynoq», — deb yozdi Facebook’da Mirjan Balibayev ismli foydalanuvçi. U öz sahifasida hammomdagi OMON bosqini videosini ham joylaştirgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, reydga göyoki hammom ma’muriyati mahalliy aholini çömilişga kiritmayotgani sabab bölgan.
Hozirça Moskva huquq-tartibot organlari tomonidan rasmiy bayonot berilmadi. Şuningdek, hamma ma’muriyati ham voqeaga izoh bermagan.
Avvalroq Moskvaning Lyublinskaya köçasidagi «Marino» metro bekati yaqinidagi «Mariel» savdo markazida joylaşgan Spirit Fitness tarmoği klublaridan birida ham OMON reydi ötkazilgani xabar qilingan edi.
Fitnes-klub mijozlaridan biri jurnalistlarga aytişiça, kuçişlatar tuzilmalar xodimlari klubga kelganlarni yuztuban qilib yotqizgan, odamlar 15 daqiqaga yaqin yotişgan, keyin zaldan voyaga yetmaganlar va ayollar çiqarib yuborilgan, qolgan erkaklar esa etnik kelib çiqişiga köra ajratilgan hamda ularning pasportlari tekşirilgan.









