Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligining oliy va kasbiy ta’lim muassasalari talaba va öquvçilarining amaliyot ötaş, malaka oşiriş hamda işga qabul qiliş jarayonlarini raqamlaştiriş orqali soddalaştirişni nazarda tutuvçi quyidagi tartibni joriy etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi:
Oliy va kasbiy ta’lim muassasalari talaba va öquvçilarini amaliyot ötaş, malaka oşiriş hamda işga qabul qiliş jarayonlari maxsus platforma orqali 2026-2027 öquv yilidan boşlab amalga oşiriş;
talaba va öquvçilarni amaliyot ötaş, malaka oşiriş hamda işga qabul qiliş jarayonlarini taşkil etiş bilan boğliq mavjud tartiblarni raqamlaştirişni nazarda tutgan holda soddalaştiriş;
Platformani Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi hamda Savdo sanoat palatasining tegişli axborot tizimlariga «Elektron hukumat» tizimining Idoralararo integratsiyalaşuv platformasi orqali integratsiya qiliş.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari talaba va öquvçilarining amaliyot ötaş, malaka oşiriş hamda işga qabul qiliş jarayonlarini raqamlaştiriş va tegişli axborot tizimlari bilan özaro integratsiyasini ta’minlaşga qaratilgan Platformani işlab çiqişni taşkil etadi.
Belgilanişiça, Platformani işlab çiqiş va qöllab quvvatlaş uçun zarur mablağlar har yilgi respublika budjetidan birinçi darajali budjet mablağlarini taqsimlovçi sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablağlar doirasida nazarda tutib boriladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Platformani Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligining «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy apparat kompleksiga, Soliq qömitasi va Savdo-sanoat palatasining tegişli axborot tizimlariga va «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalaşuv platformasiga integratsiya qiladi. Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi, Soliq qömitasi va Savdo-sanoat palatasi özlariga tegişli ma’lumotlarni Platformaga real vaqt rejimida taqdim etib borilişini ta’minlaydi.









