Tojikiston parlamentining quyi palatasi ijtimoiy tarmoqlardagi postlarga «layk» bosganlik uçun jinoiy javobgarlikka tortilişiga yöl qöyilmasligi haqidagi tuzatişni qabul qildi. Avvalroq, prezident Imomali Rahmon fuqarolar internetdagi materiallarni yoqtirgani uçun qamalayotganidan xavotir bildirgan edi, deb xabar berdi Asia-Plus.
Majlisi Namoyandagon (parlament quyi palatasi) yangi tarkibining 10 aprel kuni bölib ötgan birinçi majlisida «Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi bir ovozdan qabul qilindi.
Unga köra, internetda e’lon qilingan video va xabarlar ostida emodzi va «layk» qöyganlik uçun jinoiy javobgarlik butunlay bekor qilindi. Tuzatiş Majlisi Milliy tomonidan ma’qullanib, prezident tomonidan imzolanib, hukumat gazetasida e’lon qilinganidan keyin kuçga kiradi.
Şu paytgaça Tojikiston fuqarolari internetda çop etilgan taqiqlangan materiallarga «layk» bosganlik yoki ulaşganlik uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Tojikiston boş prokurori birinçi örinbosari Umed Karimzoda sözlariga köra, hozir 1507 nafar fuqaro internetdagi videolar va reportajlarni yoqtirgani, şuningdek, «terroristik va ekstremistik mazmundagi şarh va fikrlarni» yozgani uçun qamoqda saqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 2024 yilning 29 oktabr kuni internetdagi «layk»lar uçun jinoiy işlar asossiz qözğatilayotganini tanqid qilib, «bu amaliyotga çek qöyiş kerakligini» aytgan edi.









