Bu haqda Ukraina strategik sanoat tarmoqlari vaziri German Smetanin 2024 yildagi mudofaa sanoati faoliyatiga bağişlangan anjumanda ma’lum qildi, deb yozmoqda RBK-Ukraina.
«2022 yilda biz 1 mlrd dollarlik qurol-yaroğ işlab çiqargan edik, 2023 yilda bu körsatkiç 3 barobar oşdi va 3 mlrd dollarga yetdi. 2024 yilda yana 3 barobar ösib, yillik işlab çiqariş hajmi 9 mlrd dollarni taşkil etdi», — dedi Smetanin.
Uning sözlariga köra, Ukraina mudofaa sanoati 2024 yilda potensial jihatdan 20 mlrd dollarlik qurol işlab çiqariş imkoniga ega bölgan.
Smetaninning ta’kidlaşiça, 2025 yilda bu körsatkiç 35 mlrd dollarga yetişi mumkin.
«Ötgan yili qurol-yaroğ va harbiy texnikaning 52 foizini xususiy kompaniyalar işlab çiqardi», — dedi u.
Smetanin 2024 yilda Ukraina yangi qanotli raketalar va raketa-dronlar: «Palyanitsya», «Peklo», «Ruta» va «Bars»ni işlab çiqara boşlaganini eslatib ötdi.
«Oldingi yili bizning yagona qanotli raketamiz — «Neptun» edi. 2023 yilga nisbatan işlab çiqariş 8 barobar köpaydi», — dedi u.
2023 yilga nisbatan Ukraina artilleriya va minomyot öq-dorilarini 2,4 barobar köproq işlab çiqargan.
«Bizda «Bogdana» öziyurar artilleriya qurilmasining yangi versiyasi — tirkamali «Bogdana» paydo böldi», — dedi vazir. Uning sözlariga köra, ÖAQ işlab çiqariş 3 barobarga oşgan.
Smetanin zirhli texnikalar işlab çiqariş quvvatlari 50 foizga töldirilganini qayd etdi.
2024 yilda işlab çiqarişdagi asosiy yönalişlardan biri — yerda harakatlanuvçi robotlaştirilgan harbiy majmualar böladi.
Ukraina prezidentining strategik masalalar böyiça maslahatçisi Oleksandr Kamişinning ta’kidlaşiça, hozirgi kunda mudofaa sanoati Qurolli kuçlar ehtiyojining 30–40 foizini qoplamoqda.
«Turli baholaşlarga köra, ayni kunlarda frontda işlatilayotgan qurollarning 30–40 foizi Ukrainada işlab çiqarilgan», — dedi u.









