Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşining rossiyaparast arboblar va jurnalistlarga qarşi sanksiyalar haqidagi qarorini kuçga kiritdi. Tegişli farmon 11 aprel, juma kuni Ukraina davlati rahbari saytida e’lon qilindi.
Farmonga köra, sanksiya röyxatiga 18 ta ommaviy axborot vositasi va 71 nafar jismoniy şaxs – ham rossiyalik, ham ukrainaliklar kiritilgan. Ular orasida «Rossiya 1» telekanali muxbiri Aleksandr Sladkov, jurnalist Arina Şarapova va Quest Pistols, «Griby» guruhlari, qöşiqçi Luna bilan işlagan musiqiy prodyuser Yuriy Bardaş bor.
Ukraina prezidentining saytida e’lon qilingan yana bir farmonda Rossiya «soyadagi floti» va uning faoliyatiga aloqador şaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan. Çeklovlar 59 kişiga, jumladan, Rossiya Federatsiyasi va Xitoy fuqarolariga tegişli.
Sanksiyalar, xususan, Ukraina yurisdiksiyasidagi aktivlarni muzlatiş, kapitalni eksport qilişni taqiqlaş va agar mavjud bölsa, davlat mukofotlaridan mahrum etişni öz içiga oladi.
«Yangi sanksiyalar qadamlari. Biz uruş tarğibotçilariga va Rossiyani oqlayotganlarga bosimni kuçaytirmoqdamiz va hamkorlarimiz bilan birgalikda Rossiya «soyadagi floti» faoliyatiga tösqinlik qilmoqdamiz. Tegişli farmonlar allaqaçon saytda», — deb yozdi Zelenskiy Telegram-kanalida. Uning qöşimça qilişiça, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşining mansabdor şaxslarga nisbatan sanksiyalar böyiça yana bir qarori tayyorlanmoqda, u yaqin kelajakda e’lon qilinadi.









