Assalomu alaykum. Bugun 13 aprel, yakşanba. Bundan roppa-rosa 64 yil avval butun tamaddun uçun tarixiy voqea sodir bölgandi. Qöşni Qozoğistonning Qizilördasida joylaşgan Boyqönğir kosmodromida «Vostok» raketa taşuvçisi «Vostok-1» kemasiga qöşilgan köyi parvozga tayyorlanadi. Bir qaraşda hammasi oddiy, AQŞ va SSSR koinot poygasiga zör bergan davr, kosmosga raketa uçiriş oddiy hol. Lekin bu gal hammasi boşqaça edi: havo kemasi doimgidek böş emas, bu safar uning içida Smolenskdagi kiçik qişloqda tuğilgan, sovet armiyasining 27 yoşli harbiy uçuvçisi bor edi.

Parvozni butun dunyoda diqqat bilan kuzatişadi, axir öşangaça inson bolasi raketada kosmosga çiqmagandi-da. Operator «Vostok» kemasiga muvaffaqiyatli parvoz tilagaç bunga javoban kosmonavt yigit öşa maşhur gapini aytadi: «Poexali!»

Inson yaralibdiki uçişni orzu qiladi. Turli xil samolyot-u vertolyotlar, raketa yasaşdan maqsad ham şu aslida – uçiş. 1961 yil 12 aprel kuni Yuriy Gagarin tuygan öşa hisning nomini parvoz zavqi deyişadi. Ha, u vaqtlar insoniyat ança yaxşi narsalar ustida, ilm-fan, texnologiya, kosmos borasida poygalaşardi. Çunki dunyo juda katta qirğinbarotni boşdan keçirgan, hamma qaysidir ma’noda uruşdan xulosa çiqargandi.

Lekin oxirgi yillarda davlatlar insoniyatning asl vazifasi ezgulik ekanini yana unutib qöyişdi, dunyo qabih işlarga, qonli uruşlarga töldi. Mana şunday notinç zamonimizda ham heç bölmasa yilda bir marta dunyoda parvoz zavqi kabi ajoyib tuyğular borligini eslatib turgani uçun Yuriy Gagarindan qança minnatdor bölsak arziydi. Rahmat senga, Yura!

Biz mana şu tarixiy sanada ortda qolgan haftada dunyoda nimalar bölganini yodga olamiz. Iltimos, YouTube-kanalimizga joylangan videoga like bosing, izohlarda fikringizni qoldiring. Şu orqali videoni imkon qadar köproq odamlar körişiga yordam bergan bölasiz.

Uitkoff yana Moskvada

Hafta oxirida Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff yana Moskvaga borib Vladimir Putin bilan uçraşuv ötkazdi. Bu Putin va milliarder Uitkoffning uçinçi uçraşuvi böldi. Hozirça Trampning dösti Uitkoff Trampning yana bir dösti Taker Karlsonga intervyu berib, avvalgi uçraşuvdan keyin bölganidek Putinni maqtovçi hikoyalarni aytib berişga ulgurmadi.

Reuters çaqqonlik qilib Uitkoff uçraşuvdan keyin Trampga qönğiroq qilib nimalar deganini aniqladi. Odatda işonçli xabar tarqatadigan agentlikka köra, milliarder Uitkoff prezident Trampga qönğiroq qilib, uruşni tugatişning eng oson yöli Ukrainaning törtta oblasti – Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjyani Rossiyaga qöşqöllab topşiriş ekanini aytgan. Biroq Trampning Ukraina böyiça maxsus vakili Kit Kellog Kiyev heç qaçon bunga rozi bölmasligini tuşuntirgan.